• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 6 » Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasidagi joriy yilning ustuvor vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
21:41
Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasidagi joriy yilning ustuvor vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral, payshanba kuni, neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar, raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.

"O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi takomillashtirildi, uning tarkibida bo‘lgan "O‘ztransgaz” va "Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2019-yil 18-noyabrdagi "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta’kidlagan edi. Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilishda neft-gaz sohasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yaratilgan sharoitlarga qaramay, tizimli muammolar barham topmayotgani, boshqa tarmoqlar rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlab o‘tildi.

"Bir narsani hammamiz tushunib olishimiz lozim. Biz sohadagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘tgan yili ko‘p gapirdik. Lekin, endi joylarda ishlarni amalga oshirishga o‘tishimiz kerak. Yo biz hozir neft-gaz rahbariyatiga yordam berib, tarmoqni botqoqlikdan olib chiqamiz, yoki u iqtisodiyotimiz oyog‘iga kishan bo‘lib, o‘zimiz oldimizga qo‘ygan iqtisodiy o‘sish rejalariga erishishni barbod qiladi”, — dedi Prezident.

Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari yetarli emasligi, gaz yetkazib berishda yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Energetika vazirligiga joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yoqilg‘i mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun 2019-yilgiga nisbatan 4,3 milliard kub metr ko‘p tabiiy gaz qazib olish vazifasi qo‘yildi. Ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish oralig‘idagi texnologik sarf va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha "loyiha ofisi”ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish, korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha "komplayens nazorat” tizimi joriy etilishi belgilandi.

"O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha uchta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida "raqamli kon”, xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

"O‘ztransgaz” va "Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste’molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste’molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:585 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829