• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 26 » Shavkat Mirziyoyev Navoiy kon-metallurgiya kombinatining korporativ yevroobligatsiyalarini chiqarish haqida topshiriq berdi
19:29
Shavkat Mirziyoyev Navoiy kon-metallurgiya kombinatining korporativ yevroobligatsiyalarini chiqarish haqida topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu majmua O‘zbekistondagi eng yirik sanoat korxonasidir.

"Bu yerda oltin, uran, nodir metallar, qurilish va dastgohsozlik sanoati uchun zarur mahsulotlar, keng turdagi xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqariladi. Kombinat yurtimizdagi jami sanoat mahsulotining 10 foizini va byudjet daromadining 18 foizini ta’minlaydi. Unda 58 ming xodim ishlaydi”, — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan axborotda.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati xomashyo resurslarining hajmi bo‘yicha jahondagi oltin ishlab chiqaruvchilar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Lekin aktivlarining qiymati xorijiy kompaniyalarnikiga nisbatan ancha kam. Masalan, hozirgi kunda kombinatning balans qiymati 1,3 milliard dollar bo‘lsa, shu darajadagi xorijiy korxonalarning bozor narxi 11 milliard dollarni tashkil etadi.

"Shu bois NKMKni zamonaviy kompaniyaga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz tomonidan bu borada kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 2017—2019-yillarda 1,2 milliard dollar mablag‘ evaziga sakkizta obyekt ishga tushirilgan. Natijada oxirgi uch yilda oltin ishlab chiqarish hajmi 2,5 foiz, kumush olish 37 foizga oshgan.

Oliy Majlisga Murojaatnomasida Shavkat Mirziyoyev NKMK va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan birga ushbu korxonalarni xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirish lozimligini ta’kidlagan edi.

Yig‘ilishda shu boradagi reja va chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, korporativ oshkoralikni tatbiq etish, hisob-kitoblarni xalqaro standartlarga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

2026-yilga qadar korxonada ishlab chiqarish hajmini 94 tonnaga yetkazish, buning uchun 4 milliard dollarlik 40 ta loyihani amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi. Jumladan, loyiha qiymati 525 million dollar bo‘lgan yangi konni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kombinatning bugungi kundagi 3,7 ming tonna oltin zaxirasi xalqaro standartlar asosida baholanib, korxona balansida aks ettirilishi zarurligi belgilandi.

Davlat geologiya qo‘mitasi va Moliya vazirligiga zaxiralarni baholash ishlari hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro me’yorlarga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Konlar zaxirasi va kamayishi to‘g‘risidagi hisobotlar, qazib olish loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni Avstraliya kodeksi (JORC Code) asosida tayyorlash muhimligi qayd etildi.

"Navoiy kon-metallurgiya kombinatining korporativ yevroobligatsiyalarini chiqarish masalasiga to‘xtalib o‘tildi”, — deya qo‘shimcha qilingan Prezident matbuot xizmati axborotida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:573 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829