• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Shavkat Mirziyoyev Namangandagi “Afsonalar vodiysi”ga bordi
08:45
Shavkat Mirziyoyev Namangandagi “Afsonalar vodiysi”ga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida "Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘ida bajarilgan ishlar bilan tanishdi, dam oluvchilar bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 2018-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida "Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etish zarurligini ta’kidlagandi. O‘tgan yilgi tashrifi doirasida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, uni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Shu davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirda qisman ishga tushirilgan madaniyat va istirohat bog‘i to‘liq foydalanishga topshirilsa, yiliga 600 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022-yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.

1,5 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

"Ikki yil oldin mana shu bog‘ loyihasi bilan tanishib, unga ‘Afsonalar vodiysi’ deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib bo‘libdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali ko‘plab barpo etamiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, "Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i hududi 155 gektarga teng bo‘lib, mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:495 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь