• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi
17:14
Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan parad munosabati bilan Rossiyaga amaliy tashrifi davomida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi "Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan ta’kidlanishicha, umumbashariy ahamiyatga ega ushbu majmua Ikkinchi jahon urushi o‘choqlarida Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan, o‘zbek o‘g‘lonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan. " ‘Isming noma’lum, jasorating barhayot’ yozuvi bitilgan mazkur yodgorlik ajdodlarning ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratining ramziy ifodasidir”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushiga O‘zbekistondan 1,951 millionga yaqin kishi safarbar etilib, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlar jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan O‘zbekistonga 1,5 million kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev insoniyat tinchligi uchun jon fido qilgan vatanparvar insonlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 1966—1967-yillarda barpo etilgan mazkur majmuada abadiy olov alangalanib turadi. Unga Rossiyaning madaniy merosi obyekti maqomi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga yetib bordi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezident va harbiylari 24-iyun kuni paradda ishtirok etdi.

Avvalroq mazkur paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi, Shu sababli, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov paradda ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin Moskvada o‘tgan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:449 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь