• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 27
Гостей: 27
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 26 » Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
12:13
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugun, 25 yanvar kuni "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni O‘zAda chop etildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
 
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
 
Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
 
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so‘nmas xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan ko‘plab takliflar tushmoqda.
 
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
 
1. Quyidagilar:
 
2016 yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;
 
Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga "Islom ota jome masjidi” deb nom berilgani;
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrda "Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
 
2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
 
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:
 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
 
tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
 
quyidagi muassasa va ob'yektlarga:
 
Toshkent davlat texnika universitetiga;
 
Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
 
Farg‘ona shahridagi San'at saroyiga;
 
Toshkent xalqaro aeroportiga;
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
 
har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30 yanvar kunini keng nishonlash, 2 sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritish;
 
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
 
Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
 
Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish.
 
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlar keng yoritilsin.
 
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.
 
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2017 yil 25 yanvar
Категория: Har-Hil | Просмотров:2903 | Добавил: Admin | Теги: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031