• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga chaqirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
20:03
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga chaqirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi vitse-prezidenti Gregori Lekston bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti 6-mart, juma kuni, "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti "Daryo”ga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning mazkur qarori loyihasi 2019-yilning dekabrida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qo‘yilgan edi.

Qarorda belgilanishicha, chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, nomzodlarga qo‘shin turlarini tanlash imkoniyatini yaratish, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirish jarayonidagi bir-birini takrorlovchi tadbirlarni istisno etish maqsadida:

O‘zbekiston fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safini har tomonlama yetuk, sog‘lom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli chaqiriluvchilar bilan butlash;

chaqiriluvchilar ongida milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish;

chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning mavjud tizimini optimallashtirish;

chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda bir-birini takrorlovchi bosqichlarni soddalashtirish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifati va samaradorligini oshirish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning xolisligini va tezkor amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘l qo‘ymaydigan mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqish;

chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni harbiy okruglar harbiy gospitallari mutaxassislari tomonidan o‘tkazish;

harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari, shuningdek, harbiy okrug qo‘mondonlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.

"Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga chaqirish tadbirlarining o‘tkazilishiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun shaxsan mas’uldirlar.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar o‘z faoliyatini har yili:

tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiyalar — 15-fevraldan 30-aprelgacha;

tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi butlash komissiyalari — 15-fevraldan 30-aprelgacha;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida harbiy tibbiy komissiyalar — 20-fevraldan 30-aprelgacha;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi — 20-
fevraldan 30-aprelgacha;

tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiyalari — 1-martdan 30-aprelgacha amalga oshiradi.

Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatiga olish bo‘yicha komissiyalar 
a’zolarining (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bundan mustasno) doimiy ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi ular mazkur nizomda 
belgilangan majburiyatlarini bajaradigan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.


Butlash komissiyasi, harbiy-tibbiy komissiya hamda hududiy tibbiy komissiya qarori va xulosasidan norozi bo‘lgan chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari tomonidan Rahbariyat kengashiga, shuningdek, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Категория: Har-Hil | Просмотров:485 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031