• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Yanvar » 31 » Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi
15:45
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Toshkentning Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekistonda 2020-yil Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingan edi. Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida shu boradagi maqsadlarga to‘xtalar ekan, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan. 2020-yilda matematika, kimyo, biologiya, geologiyada fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy bo‘lib, ularni tadqiq qilib, samarali o‘zlashtirish uchun geologiya birlamchi asos. Shu sababli Prezident bu sohani alohida nazoratiga olib, uning rivojlantirish asoslarini yangidan tashkil etib bermoqda.

Bugungi kunda yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi 4 ta muassasa – Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti tomonidan olib boriladi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan mazkur institutlar negizida yaxlit majmua – zamonaviy universitet tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni ushbu yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, mazkur muassasa ta’lim va ilm-fan klasteri shaklida bo‘ladi. 4 ta institutning moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtirilib, eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanadi. Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti va boshqa nufuzli dargohlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031