• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Shavkat Mirziyoyev Elboshiga mustahkam sog‘lik va kuch-quvvat tiladi
16:45
Shavkat Mirziyoyev Elboshiga mustahkam sog‘lik va kuch-quvvat tiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sog‘lik va kuch-quvvat tiladi.

Muloqotda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy ta’sirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qozog‘iston amaliy hamkorligi kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro manfaatli aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘ndan ortiq yangi loyihani amalga oshirish nazarda tutilayotgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi” ma’qullandi.

Bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida ikki davlat yetakchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь