• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 6 » Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi
12:50
Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

"Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin” – deyiladi farmon matnida.

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Ro‘ziyeva Nasiba Jumayevna — Uchquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati
Xolmanova Zulxumor Turdiyevna — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri
"Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Adilova Matob Djabborovna — Kogon tumanidagi "Banoaz tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati
Aitbayeva Ruzibika Amatovna — Beruniy tumanidagi "Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Gulamova Dilbara Djurayevna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri
Davletova Nazira Xudayberganovna — Bog‘ot tumanidagi "Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati
Isakova Muxayo Srajidinovna Karabayeva — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi
Oltinoy Ermuxammedovna — "O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sex operatori, Toshkent viloyati
Narzullayeva Adinaxon — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Noriyeva Sharofat Ergashevna — Sharof Rashidov tumanidagi "Gulchi opa tomorqa xizmati” klasteri rahbari, Jizzax viloyati
Raximova Azizaxon Iminjanovna — Uchqo‘rg‘on tumanidagi "Iminjon Muharram Bonu” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Turdaliyeva Farida Ismatovna — Sardoba tumanidagi "Sardoba agro pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatining pillachi-inkubisti, Sirdaryo viloyati
Tursunova Bashorat Xujanovna — "Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Tursunova Dilshat Irismaxmetovna — Yangihayot tumanidagi "Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli, Toshkent shahri
Umurzakova Mexriniso — Bulung‘ur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Samarqand viloyati
Xasanova Saidbibi Nematovna — Yangihayot tumanidagi "Orchid Beauty” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
Shamiyeva Dilfuza Xolmurodovna — Muborak gazni qayta ishlash zavodining eksperimental ta’mirlash-mexanika sexi texnologik qurilmalar operatori, Qashqadaryo viloyati
"Do‘stlik” ordeni bilan

Abduraxmonova Zinnatxon O‘rinboyevna — Asaka tumanidagi "Asaka city tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Alimova Gavxar Zayirovna — Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, Samarqand viloyati
Alimova Muborakxon Shomuratovna — Shahrixon tumanidagi "Qaynonalar” jamoatchilik kengashi rahbari, Andijon viloyati
Annamuratova Muxabbat Shermanovna — Beruniy tumanidagi "Beruniy agro pillasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Arutunyans Irina Vladimirovna — Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati
Belik Golnur Usmanovna — Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatining parvozlar xavfsizligi va ma’lumotlarini tahlil qilish bo‘yicha mutaxassisi
Boboyorova Feruza Fayziyevna — O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi
Dementeyenko Lyudmila Ivanovna — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining "Regionalgeologiya” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi
Djurayeva Gulchehra Sadikovna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Jumayeva Svetlana Petrovna — Muzrabot tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Jurayeva Ozoda Abduraximovna — Navoiy shahridagi "Humo Zilola barhayot” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Navoiy viloyati
Qo‘chqorova Lobar Ibodullayevna — Yangiariq tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Xorazm viloyati
Nurmatova Mukaram Axmedovna — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i
Payziyeva Guzal Revavna — O‘zbekiston davlat drama teatri drama artisti
Ruzayeva Xursheda Radjabovna — "Hunarmand” uyushmasi Buxoro tumani bo‘limi a’zosi, zardo‘z, Buxoro viloyati
Sattorova Muxayoxon Jiyanovna — Rishton tumanidagi "MM Porcelain” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
Usmanova Nargiza Saidovna — Toshkent tumanidagi "Bahoriy gullar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xalimova Mastura Urunbayevna — Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining innovatsion loyiha rahbari
Xlebnikova Tamara Vladimirovna — Chilonzor tumanidagi 14-madaniyat markazining "Faxriya” xor jamoasi rahbari, Toshkent shahri
Shamsiyeva Norbuvi Soliyevna — Jizzax shahridagi "Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
Ergasheva Dilorom — "Mashrab” nashriyoti bosh muharriri, Namangan viloyati
Yusupova Dilnovoz Raxmonovna — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi professori
I darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Shodiyeva Ra’no Odilovna — O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi direktori
II darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Babanazarova Ma’rifat Turdiyevna — Sho‘rchi tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati
Gladkova Tatyana Sergeyevna — Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika bo‘yicha bosh murabbiysi, Samarqand viloyati
IsmailovaZulfiya — "Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Xonqa tumani tayanch punkti direktori, Xorazm viloyati
Kushayeva Mavluda Yusupovna — Paxtakor tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Jizzax viloyati
Muratova Toygul Kucherovna — Mirzaobod tumanidagi "Kelajagi barkamol avlod bolalari” oilaviy bolalar uyi rahbari, Sirdaryo viloyati
Nosirova Muazzamxon Urmonbekovna — Andijon shahridagi Bolalar shaharchasi direktori, Andijon viloyati
Obidova Shaxlo Valiyevna — Kitob tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati
Sayfullayeva Saida Ibadovna — "Buxoroi Sharif” jamoat fondi boshqaruvi raisi, Buxoro viloyati
Xalikova Dilfuza Anvarovna — Nurafshon shahridagi "Shirin mehrim” oilaviy bolalar uyi rahbari, Toshkent viloyati
Xamrayeva Zulfiya Djavlanovna — O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri direktori
Hamroyeva Mahfuza Islomovna — Navoiy viloyati "Ona va bola skriningi” markazi direktori
I darajali "Salomatlik” ordeni bilan

Tadjibayeva Yulduz — Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining onkologiya kafedrasi professori
II darajali "Salomatlik” ordeni bilan

Raxmankulova Nargiza Sattarovna — Respublika maxsus 2-Zangiota shifoxonasining 2-reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi
Yuldasheva Muxabbat Ravshanovna — Qarshi tumanidagi "Trast Med Farm” xususiy korxonasi boshqaruvchisi, Qashqadaryo viloyati
Yuldasheva Saida Anvarovna — Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
"Sog‘lom turmush” medali bilan

Axmadaliyeva Gulchexra Ismatullayevna — Namangan tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi katta hamshirasi, Namangan viloyati
Jaksimuratova Aysultan Jumambetovna — Qonliko‘l tumanidagi 19-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shiqchilik bo‘limi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kurbanova Diloramxon Ibragimdjon qizi — Andijon davlat tibbiyot institutining farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi mudiri
Miltikbayeva Nasiba Kenesovna — Romitan tumanidagi "Qizil Ravot” qishloq vrachlik punkti mudiri, Buxoro viloyati
Muminova Firuza Turakulovna — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi
Saparova Ra’no Djangabayevna — Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Safarova Gulmira Karimovna — Ishtixon tumanidagi "Moxpar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati
Sodiqova Feruza Xakimovna — Farg‘ona shahridagi Ayollar sport-sog‘lomlashtirish markazi direktori, Farg‘ona viloyati
Xamdamova Baxora Maratovna — Navoiy viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori
Xasanova Aymenli Xemrayevna — Sharof Rashidov tumanidagi yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha hunarmand, Jizzax viloyati
Yusupova Saboxat Rashidovna — Oltinsoy tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati
"Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdurazakova Sanobar Erminjonovna — Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Jamalova Baxargul Oralbayevna — Mo‘ynoq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘rabekova Oydin Dustovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Surxondaryo viloyati
Imomova Dilorom Ne’matovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Madaminova Feruza Vaxidovna — Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri
Mexmonova Dilorom Dadajonovna — "Tadbirkor ayol” uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi
Mirzadjanova Dilshoda Muxtarovna — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boshqarmasi boshlig‘i
Orziyeva Mavluda Abdinazarovna — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi katta psixologi
Radjabova Shoira Nurmatovna — Angor tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Suyunova Umida Xurozovna — Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Turdaliyeva Dina Kenesovna — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
Tursunova Maxmuda Ibraximxadjayevna — "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining "O‘zbekiston” lokomotiv deposi texnigi, Toshkent viloyati
Umarova Yoqutxon Xakimovna — Uychi tumani prokuraturasi katta noziri, Namangan viloyati
Usmanova Dilshoda Nabiyevna — Dang‘ara tumanidagi "Ayubxon tekstil” xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Xasanova Firyuza Marifovna — Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri
Xujanazarova Nodira Isomiddinovna — Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori, Navoiy viloyati
"Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdullayeva Go‘zal Ravshan qizi — O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri xor artisti
Bahronova Durdona Salim qizi — Amerika Qo‘shma Shtatlari "Super dispatch” kompaniyasining Toshkent shahridagi dasturchisi
Ni Kristina Aleksandrovna — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
Nurillayeva Nurxon Botir qizi — Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
Palvonova Sevara Baxromovna — "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” direksiyasining startap loyihalar menejeri, Xorazm viloyati
Raxmankulova Go‘zal Axmat qizi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani bo‘limining "Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri
Xoliqova Tursunoy Ibrogim qizi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kasbi tumani bo‘limining "Jizza” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
"Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shaxnoza Kudratovna — Toshkent shahridagi Shox Med Center mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori
Abduraimova Nilufar Irisboyevna — G‘allaorol tumanidagi "Sohibqiron darvozasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Abidjanova Feruza Abdullayevna — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi
Abilova Gulsin Baymanovna — Koson tumanidagi "Koson agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati
Amanova Maxfurat Eshmuradovna — Toshkent davlat agrar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi professori
Artikova Hafiza Tuymurodovna — Buxoro davlat universitetining agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani, Buxoro viloyati
Axmedova Djamilya Abduraxmanovna — Uchqo‘rg‘on tumani obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi, Namangan viloyati
Baltabayeva Nursulu Koshkinbayevna — Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Begmatova Nargiza Saibjon qizi — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
Vallayeva Dilafruz Rustamovna — Termiz tumanidagi "Ostona gilamchi” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Valter Irina Buranovna — "O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi yetakchi sahna ustasi
G‘aniyeva Shaxnoza Ma’mirovna — Farg‘ona shahridagi "Ibratli bekam” o‘quv markazi rahbari, Farg‘ona viloyati
Davletyarova Zulfiya Japakovna — Qo‘ng‘irot tumanidagi "Diyor market Kungrad” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna — Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasining sex muhandis-metrologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
Jo‘rayeva Zamiraxon Pozilovna — Andijon shahridagi "O‘z-Tong Hong kompani” qo‘shma korxonasining tikuv sexi katta ustasi, Andijon viloyati
Ziyatova Shaxlo Bekqulovna — Nurota tumanidagi "Nurota qorako‘l naslchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati
Isayeva Gulbaxor Tishabayevna — Termiz shahridagi "Komfort Sherxon servis” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Isamuxamedova Gulnora Lutpullayevna — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining inspektori
Ishanxanova Nigora Nasirovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri
Kaziyeva Sadokat Sarvarovna — Toshkent shahridagi "Fastechnika” mas’uliyati cheklangan jamiyatining dizayn bo‘limi boshlig‘i
Kamilova Xilola Akramdjanovna — Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi
Kamolova Muharram Komil qizi — Jondor tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Karabekova Buvsara Razakovna — Zarbdor tumanidagi "Fidokor Firdavs” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Qoriyeva Ra’noxon Faxriddinovna — Uychi tumanidagi "Barnogul-Ziyo Fayz” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Leviskaya Yuliya Vladimirovna — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy kotibi
Mardonova Guljaxon Amonovna — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘limi mudiri
Masalimova Nayllya Mansurovna — Parkent tumanidagi "Med Torg Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Matmuratova Muqaddas Karimovna — Gurlan tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Maxkamova Nigora Madaminjonovna — Sirdaryo tumanidagi Peng Sheng Shoes mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish sexi brigada boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Mirzayeva Gulshan Baxtiyorovna — "Tadbirkor ayol” uyushmasining Nurobod tumani bo‘limi raisi, Samarqand viloyati
Nasirdinova Nodiraxon Abdugapparovna — Andijon shahridagi "Palma Sitrus” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
Nasridinova Maxmuda Baxriddinovna — Namangan shahridagi "Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati
Olimova Rano Yuldashvayevna — "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining "Yoshlik-1” koni direksiya yetakchi muhandisi, Toshkent viloyati
Omar-Mun Yasmina Xalidovna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabasi
Otamuratova Nadira Kamiljanovna — "Hunarmand” uyushmasining Urganch tumani bo‘limi a’zosi, zardo‘z, Xorazm viloyati
Roziyeva Xosiyat Allayevna — Mirishkor tumanidagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Sultanova Dilobar Xolmurodovna — Shahrisabz tumanidagi "Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi tozalik bekasi, Qashqadaryo viloyati
Teshaboyeva Barnoxon Xurboyevna — "Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, savat to‘quvchi
Tursunova Sanobarxon Ergashevna — Qo‘shtepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg‘ona viloyati
Usmonova Dilnoza Xamrakulovna — Boyovut tumanidagi "Guliston limon eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Fayziyeva Dilorom Nuridinovna — Buxoro shahridagi "Fayz qurilish mollari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
Farmonova Nafisa Shukurovna — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom” ansambli artist-maqomchisi
Fozilova Gulnora Yashinovna — Sirdaryo tumanidagi "Temur Med Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati mikrobiologi, Sirdaryo viloyati
Xabirova Dilshora Alimovna — Olmazor tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri
Xayitova Feruza Turdibayevna — Quyi Chirchiq tumanidagi "Quyi Chirchiq Agro Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xakimova Sabina Muratovna — Tayloq tumanidagi "Tohirbek sifat savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
Xamdamova Dilafruz Baratullayevna — Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori, Jizzax viloyati
Xashimova Mukaddasxon Adxamjanovna — "Hunarmand” uyushmasining Marg‘ilon shahar bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Farg‘ona viloyati
Xolova Maksuda Asatovna — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Temur musaffo qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi, Samarqand viloyati
Xudaykulova Farog‘at Musurmonovna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i
Sharipova Gulnora Tadjibayevna — Sergeli tumani obodonlashtirish boshqarmasining sanitar tozalash bo‘limi brigada boshlig‘i, Toshkent shahri
Ergasheva Matluba Qodirovna — Pop tumanidagi "Papfen” xorijiy korxonasining ip yigiruv va o‘rash bo‘limi ip yigiruvchisi, Namangan viloyati
Yunusova Gulnora Abdumutalibovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston 24” telekanali prezident "POOL” xizmati muxbirlar guruhi katta muharriri.
Категория: Har-Hil | Просмотров:368 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031