• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi
14:23
Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

2020-yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatda aziz va mo‘tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

"O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Chusovitina Oksana Aleksandrovna – Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Kuznetsova Svetlana Mixaylovna – Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo‘yicha katta 
 murabbiyi.

"Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Botirova Margarita Azizovna – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining tillar kafedrasi 
professori;

Boymatova Sibiniso Musurmonqulovna – Sharof Rashidov tumanidagi "Musurmon ota” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati;

Jamilova Gulchehra Mannonovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi;

Ibrohimova Rixsixon Ismoilovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi;

Qoriyeva Bernara Rahimovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori;

Mahmudova Robaxon Anvarovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

Sa’dullayeva Gulchehra – O‘zbekiston davlat satira teatri aktrisasi.

"Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Odilova Fotima To‘ychiyevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri;

Bobojonova Zulfiya Raimbayevna – "Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining kimyo sexi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi;

G‘afforova Fotima – Mehnat faxriysi, Samarqand viloyati;

Maripova Saodat To‘raxonovna – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining "Mineral resurslar instituti” davlat korxonasi sho‘ba mudiri;

Mendiyeva Ra’noxon – Uchko‘prik tumanidagi "Mendiyeva Ra’noxon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;

Parpiboyeva Ozoda Abduqodirovna – Toshkent viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

Sobirova Vazira Tolipovna – Mehnat faxriysi, Toshkent shahri;

To‘rayeva Gavharjon Ibrohimovna – Gurlan tumanidagi "Navro‘z” folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Xorazm viloyati;

Shodmonova Mavludaxon – Marhamat tumanidagi "Barhayot Nozimjon fayzi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati;

Yunusova Manzuraxon Fazliddinovna – Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;

Yusupova To‘ti – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi.

I darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Jalolova Sabohat Ashurqulovna – Sariosiyo tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 
Surxondaryo viloyati;

Mo‘minova Madina Rashidovna – Namangan shahridagi Baby plaza xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati.

II darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Aslanova Dilbar Hasanovna – Samarqand iqtisodiyot va servis institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Samarqand viloyati;

Ahmadjonova Pokiza Shavkatovna – Guliston shahridagi "Bolalar shaharchasi” direktori, Sirdaryo viloyati;

Rahimova Muqaddas Aralovna – Yakkabog‘ tumanidagi "Madaniyat tekstil ko‘p tarmoqli” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish 

ta’limi ustasi, Qashqadaryo viloyati;

Saburova Injigul Jumaboyevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining "Muxalles” dutorchilar 
ansambli baxshi-sozandasi;

Usmonova Saodat Umarovna – Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan 
viloyati;
Hayitova Rohat Ahmadjonovna – Vobkent tumanidagi "Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Buxoro viloyati.


"Do‘stlik” ordeni bilan


Abdullayeva Maqsuda Sultonovna – Urganch tumanidagi "Urganch parranda invest” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;

Akromova Zulayho Abdurazzoqovna – Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi;

Ahmadaliyeva Nodira Qahramonovna – Andijon tumanidagi Gold Andijan pharma qo‘shma korxonasi direktori, Andijon viloyati;

Bahodirova Valentina Grigoryevna – O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Qamashi tumani tashkiloti raisi, Qashqadaryo viloyati;

Javlonova Kimyoxon Qurbonboyevna – Quyi Chirchiq tumani hokimligining xotin-qizlar kengashi a’zosi, Toshkent viloyati;

Jolimbetova Aytgul Aymbetovna – Mo‘ynoq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Qambarova Nasiba Ahmadaliyevna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori;

Mustafoyeva Zamira Rustamovna – G‘allaorol tumanidagi "Sarbozor qurilish trans” xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati;

Obloberdiyeva Zuhro – "Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, kashtachi-usta;

Sobitova Madiya Erkinovna – Karmana tumanidagi "Polipropilen quvurlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati;

Saidbekova Daxiyatpocho Boboyevna – So‘x tumanidagi "Sarikanda” qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori, Farg‘ona 
viloyati;

Suvonova Dilbar Nabiyevna – Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi direktori, Surxondaryo viloyati;

Sutsepina Viktoriya Dmitriyevna – "Toshkent quvur zavodi” qo‘shma korxonasi rahbari, Toshkent shahri;

Umarova Nigora Telmanovna – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ma’naviyat va ma’rifat kafedrasi 
mudiri;

Umarova Nodira Nig‘matullayevna –  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi "Ishga marhamat” monomarkazi direktori;

Usmonova Izrabu Oripovna – Rishton tumanidagi "Izrail Izrabonu” oilaviy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati;

Xolbekova Begoyim Abdurahmonovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi;

Shonazarova Aziza Abdumalikovna – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti professori;

Shirinova Mavludaxon Rasulovna – "Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori;

Ermatova Nazokat – Boyovut tumanidagi "Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati.

"Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdullayeva Umida Hazratovna – Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i;

Boboqulova Guli Rajabovna – Davlat bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati 
bojxona boshqarmasi "Olot” chegara bojxona posti katta inspektori.

"Shuhrat” medali bilan

Beknazarova Saida Safibullayevna – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi professori;

Bovaqulova Mavjuda Rahimberdiyevna – Yangiyo‘l shahridagi Bahor style mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati;

Dadajanova Iroda Abdulazizovna – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining "Yosh kuch” jurnali bosh muharriri;

Egamberdiyeva Parizod Qodirovna – Farg‘ona davlat universitetining kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;

Inoqova Barnoxon Bahodirovna – Andijon davlat tibbiyot institutining pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, Andijon viloyati;

Islomova Gulmira Rahmonovna – "Hunarmand” uyushmasining Nurota tumani bo‘limi a’zosi, kashtachi-usta, Navoiy viloyati;

Karimova Navbahor Valijonovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston 24” telekanali siyosiy sharhlovchisi;

Mamadiyorova Yulduzoy Qarshiyevna – Shahrisabz tumanidagi Shakhrisabz tour mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati;

Mamarasulzoda Zulhumor Abulqosim qizi – Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi "Maqom” ansambli maqomchisi;

Mansurova Munisa Anvarovna – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi 
kafedrasi mudiri;

Rahmatova Farog‘at Shavkatovna – Denov tumanidagi Smart kids nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati;

Turdimuratova Aynur Baxtibayevna – Nukus shahridagi "Jayxun universal qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Xoliqova Hamida Azimjonovna – "Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatining sex tegirmon mashinisti, Toshkent viloyati;

Himmatova Yulduzoy Shahriddinovna – "Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining sex apparatchisi, Navoiy viloyati;

Husainova Nafisa Rustamovna – Samarqand shahridagi Samarkand-England eco medical qo‘shma korxonasining sifat ta’minoti bo‘limi 
boshlig‘i, Samarqand viloyati;

Husanova Gavhar Mamarajabovna – Sayxunobod tumanidagi "Gulbahor ziyo kitob savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo 
viloyati;

Shukurova Gulchehra Shoyiqulovna – Qorako‘l tumanidagi "Gullar chehrasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;

Eshchanova Javhar Otaxonovna – Yangibozor tumanidagi "Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati.
Категория: Har-Hil | Просмотров:566 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031