Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 525
Статистика



waplog
Statok.net


Сейчас онлайн: 89
Гостей: 89
Пользователи 0

12555345
Ota111
917155770
sirojbek4848
imom2006
sanjar-shodiyev
Baxa6700
992901056601
Imomaddin
Ronaldo07
Тизер
Главная » 2016 » Avgust » 12 » Sharof Muqimov Sevinch bilan ajrim to‘g‘risidagi savollarga va nihoyat javob qaytardi
23:56
Sharof Muqimov Sevinch bilan ajrim to‘g‘risidagi savollarga va nihoyat javob qaytardi

Avvalroq, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova o‘rtasida oilaviy mojarolar kelib chiqqani, Sharof va Sevinch bir-birining nomini tilga olmagan holda ijtimoiy tarmoqlar orqali ta'nali mulohazalar yozib qoldirayotganini aytgan edik. Ko‘p o‘tmay, ijtimoiy tarmoqlarda Sharofning qaynonasini haqorat qilgani bilan bog‘liq surat-dalillar tarqaldi. Sevinch Mo‘minova esa bu holatdan qattiq ranjiganini aytib, "Nozim-Studio.com”ga intervyu bergan edi. Sevinchning iddaolariga javob bermay kelayotgan Sharof Muqimov bugun "Nozim-Studio.com”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga oilaviy mojarolari, xususan, ajrim haqidagi gaplarga munosabatini yozib qoldirdi. Xonanda bu masalaga hech kim aralashmasligini iltimos qildi.
 
 
"Salom, biz uchun qadrli bo‘lgan san'atsevarlaru, jonkuyarlar. Ko‘pchilikning menga qo‘ng‘iroq qilib berayotgan xabarlariga binoan "Nozim-Studio.com” saytiga kirib, achchiqqina izohlarni o‘qib, hayratlandim. Yaratganga shukr, biz juftlikning ancha gunohlarimiz to‘kilibdi. So‘ng chuqur o‘ylab, sizlarga o‘z fikrim va katta iltimosimni yetkazishga ahd qildim. To‘g‘ri, Sevinchning ham sadoqatli muxlislari juda ko‘p va menga ham shu qatorda e'ttiborli insonlar borligi – bu fakt. Bu uchun biz juda xursand bo‘lamiz va sizlarni his etib ijod qilamiz, zavqlanamiz. Ijod sababli siz-u bizning ko‘nglimiz yaqinlashadi, birlashadi, dardlashgandek bo‘ladi.
 
Azizlar, bizni har bir oilada bo‘lgani singari oilaviy mojarolar va gap-so‘zlarimizga kimlardir aralashib, qo‘shib-chatib, kimnidir qoralab, fikrini yozib, kimnidir yiqitishga shay bo‘lib turgan birodarlarimizga shu jumlalarimni yetkazib, bir og‘iz tanbeh berib, uyaltirib qo‘yishingizni iltimos qilib so‘rar edim. Umuman noto‘g‘ri va noo‘rin bo‘lgan, o‘zga shaxsning oilasiga aralashib yuradigan, nosog‘lom illatli avlod bizning yurtimizga munosib emas. Bizni sevganlar oilamiz kelishmovchiligini emas, san'atimizni kuzatib, qo‘shiqlarimizni tinglashsin. Oilamiz sirlariga aralashmaganlarni esa biz o‘zimizga doimiy, haqiqiy yaqin do‘st deb hisoblaymiz.
 
Bu dunyoga kelib, hech kim hech qachon ajrimni orzu qilmaydi va bu juda og‘irligini ham hamma biladi. Ayniqsa, farzandi bo‘la turib ajrashish oson emas. Bunga har kimning ham irodasi, kuchi yetmay qoladi. Irodasi yetmaganlar esa, piyonista yoki giyohvand, shunga o‘xshash yomon illatli insonlarga aylanib, yomon yo‘lga kirib ketib qolishini ko‘p kuzatganmiz. Sevmagan inson ajrim uchun arzimagan narsalarni bahona qilib, ajrashib ketishi hech gap emas. Ming afsuski, yillar davomida ko‘p to‘siqlarni yengib o‘tib, oxirida ojiz bo‘lib qolgan, achchiq taqdiri chizig‘iga ergashib, yiqilganlar ham yo‘q emas. Ularni kuzatib achinish lozim, xolos. Ayrilganlar bilan dardlashsangiz, uning dardini eshitsangiz, uni haq ekan deb o‘ylasangiz, keyin esa, aksincha, ikkinchi odamning ham dardini eshitsangiz "Men adashibman, u haq ekan-ku”, deysiz. Kim haq yo nohaqligini yashab ko‘rgan insongina biladi. Lekin ikkisi ham savdolar olovida yonayotgan, ayro yurakli ojizlardir.
 
To‘g‘ri, Sevinch bilan hayotimizda mazmunli, ajoyib, esdaqolarli, go‘zal xotiralar juda ko‘p bo‘lgan. Biz hammaning e'tiboridagi, ko‘pchilik havas qilgan qahramoni bo‘la oldik. O‘zbek estradasida uchramagan holat, ya'ni ko‘p yulduzlar  bizga ergashib turmush qura boshlashdi. Bizga havas ila tikilgan xalqimizning ko‘zlaridan o‘zimiz ham misoli mast bo‘lib qolgandik.
 
Haqiqatan ham men ayolimni telbalarcha sevganman. Usiz biroz onlarim ham tasavvursiz, zerikarli bo‘lib qolgan edi. Hattoki, men hayotim davomida ko‘pgina to‘siqlar va devorlarni yengib o‘tishimga ham shu tuyg‘ularim sabab bo‘lgan. Bu munosabatim nafaqat oilamni, balki do‘stlarimni ham ajablantirardi. Uning ham yaxshi hislatlari juda ko‘p. Eng muhimi vafoli va mening yonimda biror erkakka ko‘z tikib qaraganini bilmayman. Bu borada ko‘p sinovlarimdan o‘zi bilmagan holda ajoyib, qoniqarli ravishda o‘ta olgan. Yaxshi ona ham bo‘lgan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Qizimning pokiza yurishida, doim vitaminlarga boy taomlar yeb, chiroyli liboslar kiyib yurishida, uni ko‘z qorachig‘iday asrab yurishda Sevinchga teng keladigani yo‘q.
 
To‘g‘ri, hech qaysi inson farishta emaski, aybsiz bo‘lsa. Uning ham, mening ham, hammaning aybi bo‘lgani kabi har birimizning salbiy xarakterimiz bor. Shu hayotiy munosabatlarimizga yarasha Yaratgan ham yaxshi ne'matlariyu, achchiq kunlarini ham ayamadi.
 
Menda bir hislat bor: har narsaga ijobiy qaramayman. Atrof-muhitga yaxshi ko‘z bilan boqish inson asablarini asrashiga va umri uzayishiga yordam beradi. Pozitiv hayot yashashga mazmun uyg‘otadi. El qatorida bizda bo‘lib turgan kelishmovchiliklar esa – bu oilamizning shaxsiy siri. Bizning derazamizga bosh suqib qarab, quloq solib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Oradan yillar o‘tib, oyning o‘n beshi qorong‘uligi singari Yaratganning juda ko‘p sinovli tashvishlari mening boshimga tusha boshladi. Shunday kunda menga yaqin do‘stlarim, e'tiborli muxlislarimu, qadordonlarim dalda bo‘lib turishdi. Saraton xastaligi bilan onajonimni Yaratganning huzuriga jo‘natib qo‘ydim. Onajonim chekkan azoblari va judolik meni hamon qorong‘u zulmatdan olib chiqa olmayapti. Kuchli g‘am domiga chuqurroq tortib, kundan-kun meni kemirishda davom etyapti. Vaqt – har narsaning davosi, deganlaridek faqat vaqt o‘tishini kutishdan boshqa choram qolmaganini har kuni anglayman. Afsuski, onajonim yorug‘ kunlarimni juda kam ko‘rdilar...
 
Bir xil, tushunarsiz, sog‘inchli kunlar davom etar edi. Oradan kunlar o‘tib borar ekan, ba'zilar jar solib aytgani singari bizning oilada ko‘p nizolar bo‘lgani bilan men hali Sevinch bilan ajrashib ketgan joyim yo‘q. Hali ham qonuniy ayolim, hali ham tuyg‘ularim, xotiralarim egasi. Nega shunchalik ajrimimizni kutayotganlar jar solib yurganiga aqlim yetmayapti. Oilaviy muammolar kimda bo‘lmaydi? Kimningdir oilasiga aralashgan inson vaqti kelib o‘zi hijolat bo‘lib, xatolarini anglashi aniq. Ajrimdan so‘ng, 10 yildan keyin yarashgan juftliklar ham bor. O‘zim ko‘p guvohi bo‘lganman. Lekin biz hali ajrashganimiz yo‘q-ku. Ayol erkakka nisbatan ojizaligini bilamiz va shundan foydalanayotgan, to‘rtta betarbiya, tinmay so‘kinishdan qaytmaydigan, erkak bilan birga-bir olishadigan, ojiz, ma'naviy ozuqasi past bo‘lgan manqurtlar ayolimning miyasini zaharlab, har xil gap-so‘zlar tarqatib, hattoki, Sevinchni qaysidir ma'noda menga nafratini uyg‘otib, uni mendan, meni esa undan uzoqlashishimizga sababchi bo‘lishyapti. Menga yaxshi ko‘rinish uchun meni maqtab, ayolimga tosh otib, aksincha, Sevinchga yaxshi ko‘rinish uchun Sevinchni maqtab, menga tuhmat toshini otayotganlar juda katta xato va gunoh ish qilayotganlarini o‘zlari his qilisharmikan? To‘g‘ri, bunday gap-so‘zlarga doim qo‘l siltab qo‘yganman. San'at ahlining peshonasiga yozilgani doim gap-so‘zdir. Bunga chidagan san'at qozonida qaynaydi.
 
Men uylanish maqsadida shuncha ayollar ichidan tanlab-tanlab o‘zimga ravo ko‘rgan ayolim bo‘lmish Sevinch men ertaga ajrashamanmi yoki yo‘qmi, shu paytgacha va bundan keyin ham men uchun qadrli bo‘lib qolaveradi. Har holda gulday qizimning onasi. Shu sabab menga ayolim va qizim haqida salbiy gapirganlarni hazm qila olmayman. Biz taqdir taqazosi bilan ayro yashagan taqdirimizda ham bizni ushlab turadigan jon-u-jahonimiz, erkatoyginam, jajji Leylamiz biz uchun abadiy ko‘prik bo‘lib qoladi. Leyla kelajakda katta bo‘lgach, onasidan yoki otasidan ranjishini ikkimiz ham istamaymiz. U bizning rishtalarimiz, muhabbatimiz mevasi. U doim yoshligidan ikkimizning boshimizni bir-biriga yaqinlashtirib, birlashtirib, beg‘ubor ko‘zlari bilan zavqlanib kulib, tikilib turar edi. Yaratgandan doim qizimning baxtini, umrini so‘raymiz. Iboli va hayoli bo‘lishini, ota-onasining g‘ururi bo‘lishini istaymiz. Sizlarga ham doim to‘kis baxt va farzandlarga boy go‘zal hayotni yurakdan istab qolamiz. Men o‘ylaymanki, siz meni to‘g‘ri tushunib, fikr qilishingizga sizning mukammal aql-farosatingiz yetarlidir.
 
Aziz qadrdonlar, ertangi kunda nimalar bo‘lishi yo bo‘lmasligi yolg‘iz Yaratganga ayon. Bir gapni gapirish oldidan bizni o‘zingizning o‘rningizga qo‘yib, xulosa chiqarib ko‘ringlar. Chunki bizning ham tanamizda yaxshi kunimizda kulib, yomon kunimizda yig‘lab turgan sizniki kabi murg‘ak yuragimiz ko‘ksimiz ichida yashash ilinjida doim kurashib urib turibdi. Bizni haqiqiy sevganlar dunyoga jar solib, sirlarimizni hech qachon oshkor etmaydi. Gaplarim kimgadir erish tuyulgan bo‘lsa, uzr”, deb yozadi Sharof Muqimov.

Категория: Har-Hil | Просмотров: 848 | Добавил: Admin | Теги: Sharof Muqimov Sevinch bilan ajrim | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь