• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 19 » Shahzodaning “Xasta” qo‘shig‘iga ishlangan klip o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi
20:33
Shahzodaning “Xasta” qo‘shig‘iga ishlangan klip o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi

Klip va film voqyealari shu qadar o‘xshashki, ikki ijodkorga bir vaqtning o‘zida, bir xil g‘oya kelgandir, degan o‘yga kelishingizga hojat qolmaydi.

Shahzoda bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga, muxlislariga ega xonandalardan biri sanaladi. Mana bir necha yildirki, u "Istiqlol” san'at saroyida yetti kunlik yakkaxon konsert dasturini taqdim etib keladi. Biroq bugungi shou-biznesda kun sayin urchib borayotgan ayrim illatlar, xususan, xorij estradasidan o‘g‘irlab qo‘shiq kuylash, bu'zi qo‘shiqlarning shakl-shamoyilini o‘zgartirib, yangi qo‘shiq tayyorlash Shahzodagi ham begona emas. Bu masalada Shahzodani ayblash to‘g‘rimi yoki yo‘q, bu savolni hozircha javobsiz qoldiramiz. Boisi uning ijodiy ishlarini boshqarish, qo‘shiq tanlash, konsertlarni uyushtirish u faoliyat yuritib kelayotgan Tarona records kompaniyasining gardanida.
 
YUqorida plagiat qo‘shiqlar va kliplar masalasiga xonanda Shahzodaning ham bevosita aloqasi borligiga alohida to‘xtalib o‘tdik. Fikrimizni rad etish va xulosa chiqarishga shoshilmang. Xonandaning yangi "Xasta” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipi bizni shunday mulohaza yuritishga majbur qildi. Muhokama  qilishdan avval, siz ham "Xasta” qo‘shig‘i klipi g‘oyasi qayerdan olinganini isbotlaydigan mazkur videoni tomosha qiling.Biz mazkur videoni avvaliga ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifamizga joylashtirib, muxlislarga "Sizningcha, xonanda Shahzodaning "Xasta” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip qaysi xorij xonandasining qo‘shig‘iga ishlangan klipdan yoki filmdan o‘g‘irlangan?”, degan savol bilan murojaat qildik. Muxlislar esa bu klip qayerdan ko‘chirilganini topishga u qadar qiynalishgani yo‘q. Sinchkov kuzatuvchilarning yordami bilan Shahzodaning "Xasta”siga ishlangan videoklip "Sornetto cupidity kismet diner” qisqa metrajli filmida o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi. Bunda 9 daqiqalik qisqa metrajli filmni Shahzodaning bor-yo‘g‘i 5 daqiqalik klipiga sig‘dirishga harakat qilingan. Klip va film voqyealari shu qadar o‘xshashki, ikki ijodkorga bir vaqtning o‘zida, bir xil g‘oya kelgandir, degan o‘yga kelishingizga hojat qolmaydi.
 
Biz klip va qisqa metrajli filmning solishtirma videosini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifamizga joylashtirganimizdan so‘ng, shaxsan Shahzodaning o‘zi Instagram’dagi sahifamizga izoh qoldirib, "Benom” guruhi vakillari – Sarvar va Komilga savol bilan murojaat qildi. Ma'lum qilinishicha, mazkur klip "Benom media” tomonidan yaratilgan.
 
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tarona records kompaniyasi direktori Davron Muqimov bilan bog‘landik. Muqimov tushunmovchilikdan xabari borligi, biroq bu holatga aniqlik kiritilmagani, hammasining tagiga yetgach, o‘zi biz bilan bog‘lanishini ma'lum qildi. Hozirgacha mazkur holat bo‘yicha na Shahzoda va na klip mualliflari aloqaga chiqdi. Ko‘ramiz, bu vaziyatda ular o‘zini qanday oqlarkin?




Категория: Har-Hil | Просмотров:2150 | Добавил: Admin | Теги: Shahzodaning “Xasta” qo‘shig‘iga is | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь