• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 9 » Shahzoda o‘zbek xonandalari ichida Instagram’da 1 million kuzatuvchisi bor yagona yulduz bo‘ldi
12:43
Shahzoda o‘zbek xonandalari ichida Instagram’da 1 million kuzatuvchisi bor yagona yulduz bo‘ldi

O‘zbek shou-biznesi vakillari ichida deyarli barchaning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o‘z sahifalari bor.

Ushbu sahifalar orqali ularning hayoti va ijodida ro‘y berayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, taqdimotlar haqida bilib olish imkoniyatiga egamiz.

Odatda, mashhurlar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga biror suratni joylashtirib, surat ostiga izoh qoldirishadi. Bu ular ijodini kuzatib borayotgan muxlislar uchun juda qiziq.

Ayni vaqtda Instagram’da xonanda Shahzoda juda mashhur. Kuni kecha uning sahifasi kuzatib borayotganlar soni 1 milliondan ortdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, Shahzoda dunyo miqiyosida eng ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p kuzatuvchiga ega bo‘lgan birinchi o‘zbek xonandasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun e'tiboringizga o‘zbek shou-biznesi vakillari orasida minglab muhlislarga ega bo‘lgan va Instagram’da kuzatuvchilari ortib borayotgan xonandalar top-10taligi havola etamiz.

1. Shahzoda (Zilola Musayeva). Kuzatuvchilari soni 1 milliondan ortgan. Sahifa ochilganidan buyon xonanda 3 427 ta surat joylashtirgan.

Shahzodaning kuzatuvchilari soni tobora ortib borayotgani bejiz emas. Xonandani nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda, xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya kabi davlatlarda ham sevib tinglashadi.

Shahzoda Instagram’ga ko‘proq do‘stlar davrasidagi, ish jarayonidagi va farzandlari bilan tushgan suratlarini joylashtiradi.

2. Asal Shodiyeva. Shu yil turmush qurgan aktrisa Asal Shodiyeva o‘zbek shou-biznesida instagramidagi kuzatuvchilar soni bilan eng ilg‘orlardan. Aktrisa joylashtirgan suratlar ayni damda 145 tani tashkil etyapti. Boisi, u ko‘p suratlarini o‘chirib yuborgan. Uni kuzatib borayottganlar soni esa 738 ming kishidan oshgan.

3. Rayhon G‘aniyeva. Xonandaning Instagram’dagi sahifasini 714 ming kishi kuzatib bormoqda. Sahifa ochilganidan buyon xonanda 2438 ta surat joylashtirgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon shu yilning 20-24 fevral kunlari xonanda "Istiqlol” san'at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Uning Instagram’dagi sahifasini kuzatuvchilar kun sayin ortib bormoqda. Bunga Rayhon G‘aniyevaning yaqinda turmush qurgani ham sabab bo‘lsa kerak. Boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurgan xonandaning ijodi, ayniqsa, shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlarni hech bo‘lmasa, suratlar orqali kuzatish istagidagidagi muhlislar talaygina.

4. Zarina Nizomiddinova. Aktrisalar orasida Zarina Nizomiddinovaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarining soni bilan Asaldan keyingi o‘rinda turibdi. Uning kuzatuvchilari soni 642 kishini tashkil etmoqda. Aktrisa shu bugungacha jami 342 ta suratini ommaga ulashgan.

5. Lola Yo‘ldosheva. Maftunkor Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 648 ming kishini tashkil etadi. Sahifa ochilganidan buyon xonanda 1940 ta surat joylashtirgan.

Aytish lozimki, boshqa xonandalardan farqli ravishda Lola ko‘proq modellar kabi o‘z liboslarini namoyish qilishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, farzandlari, qo‘shiqlariga klip suratga olish jarayonlari, do‘stlari davrasidagi suratlarni ilova qiladi.

6. Munisa Rizayeva. Instagram’da Munisa Rizayevaning 613 ming nafar kuzatuvchisi bor. Sahifa ochilganidan buyon xonanda u 3602 ta surat joylashtirgan.

Bu xonanda ham huddi Lola kabi Instagram’ga turli liboslardagi obrazlarini joyalashtirishni yaxshi ko‘radi. Munisa Rizayevaning ovozidan tashqari quvnoqligi ham odamlarni o‘ziga javob qiladi.

7 Shahzoda Muhammedova. Doim e'tibor markazida bo‘lishni xush ko‘ruvchi Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni kun sayin ortib bormoqda. Shahzoda bir kunda 10 tagacha surat joylashtirishi, ma'zan "yo‘qlik”ka mahkum bo‘lishi mumkin. U shaxsiy sahifasiga 5624 ta surat joylashtirgan. Bugun uni kuzatayotganlar soni esa 608 ming kishini tashkil etmoqda.

8. Nilufar Usmonova. Yulduz Usmonovaning yagona farzandi Nilufar Usmonovaning Instagram’dagi sahifasida 573 ming nafar kuzatuvchisi bor. Xonanda sahifa ochilganidan buyon 3443 ta surat joylashtirgan.

Nilufar Usmonova ham asosan ish jarayoni, tadbirlarga bo‘lgan tashriflar va farzandlari bilan tushgan suratlarini joylashtiradi.

9. Manzura Yo‘ldosheva. Manzuraning Instagram’dagi sahifasida 541 ming nafar kuzatuvchi bor. Xonanda sahifa ochilganidan buyon 2400 ta surat joylashtirgan.

Xonanda shu kunlarda "Tingla faryodim” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda. Uning Instagram’ga joylashtirgan eng so‘nggi suratlari shu haqda "xabar” bermoqda. Manzura ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ko‘proq ish jarayoni, tadbirlardagi ishtiroki aks etgan suratlarni joylashtiradi.

10. Shahzoda Matchonova. Kuni kecha turmush qurgan aktrisa Shahzoda Matchonovaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 520 ming kishiga yetgan. Shu kungacha 1084 ta surat joylashtirgan Matchonova negadir to‘yidagi suratlarni shaxsiy sahifasida e'lon qilmadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2332 | Добавил: Admin | Теги: Шаҳзода ўзбек хонандалари ичида Ins | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031