• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 10 » Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullayevaga atalgan haqoratli postini sahifasidan o‘chirib yubordi
16:13
Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullayevaga atalgan haqoratli postini sahifasidan o‘chirib yubordi

Shahzoda Muhammedovaning O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullayevaning ustidan ijtimoiy tarmoqlarga yozib qoldirgan nomaqbul va haqoratli so‘zlari o‘tgan hafta muhokamalar maydonining asosiy mavzusi bo‘ldi, desak, yanglishmaymiz.Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab mushtariylarimiz o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ko‘plar bu vaziyatda Shahzoda Muhammedovani qoralab, qilayotgan ishlari xato ekanini, ustoz san'atkor bunday munosabat, haqoratlarga loyiq emasligini aytishdi. Ular orasida Shahzodani oqlagan, vaziyat shuni taqozo etgandir, deganlar ham topildi. Dilorom Omonullayeva esa bo‘lib o‘tgan voqyealar haqida o‘z fikrlarini bayon etar ekan, bu holatga og‘ir-bosiqlik bilan yondashayotganini, Shahzoda bilan baqir-chaqirga toqati yo‘qligini ma'lum qilgandi.
 
Bu holatga o‘zbek ziyolilari, madaniyat va san'at olami vakillari ham jim qarab turgani yo‘q. Hadiksiramagani OAV orqali, qolganlari zimdan Dilorom Omonullayevanining yonini olib, Shahzodaning xatti-harakatlarini hech qanday yo‘l bilan oqlab bo‘lmasligini aytib chiqishdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dotsent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi Oydin Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Dilnoza Ismiyaminova, "Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevaning fikr-mulohazalarini e'tiboringizga havola etgan edik.
 
Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan ikki postida Dilorom Omonullayevani qattiq haqorat qilib, uni ruhan kasal, razil inson, deb ta'riflagan, pora olishiga sha'ma qilgan, uni azroilga qiyoslagan edi. Bir necha kun davomida muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur postni Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi sahifasidan olib tashladi. Balki u madaniyat va san'at sohasi vakillarining e'tirozlarini to‘g‘ri qabul qilib, uzr so‘rashi haqidagi takliflarini inobatga olgandir. Tez orada u O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullayevadan qilgan ishlari uchun uzr so‘rasa ham, ajab emas.
 
Voqyealar rivojini birgalikda kuzatishda davom etamiz. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:2034 | Добавил: Admin | Теги: Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonul | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31