• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 236
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 29 » Sergelidagi metro sentyabr oyida ochiladi
23:37
Sergelidagi metro sentyabr oyida ochiladi

7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosini joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani mutasaddilari, aholi vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Bugun bu yerga kelishimdan maqsad - koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda xalqimizni nimalar o‘ylantirayotgani, odamlar hayotini yaxshilash uchun yana nimalar qilish kerakligini birgalikda fikrlashib olish", deydi davlat rahbari.

Sergeli tumani uchun shakllantirilgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, joriy yilda umumiy qiymati 1,8 trillion so‘mlik 61 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 22 ta loyiha bo‘yicha 83 million dollar miqdorida horijiy sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Misol uchun, Toshkent quvur zavodida joriy yilda xitoylik hamkorlar bilan birga 85 million dollar investitsiya evaziga yiliga 500 ming tonna metall list ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.

Chirchiq daryosining Bektemir va Sergeli tumanlaridan oqib o‘tuvchi 16 kilometrlik qismidagi o‘zanlarni 65-80 metrgacha qisqartirish orqali qo‘shimcha 565 gektar bo‘sh yer zaxirasi paydo bo‘ladi. Bu yerda yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish orqali qo‘shimcha 160 ming yangi ish o‘rni yaratish mumkin. Mutasaddilarga bu masalani atroflicha hisob-kitob qilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari kichik biznesni rivojlantirish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish zarurligini ta’kidladi.

Transport va kommunal xo‘jalik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi qurilmoqda. Uni joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi.

Oqova suv va isitish tarmoqlarini yaxshilash, markaziy issiqlik tizimini yopiq tizimga o‘tkazish orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:818 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031