• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 6 » Sentavr Proksimasi b sayyorasi bizga eng yaqin joylashgan ekzoolam ekani tasdiqlandi
11:08
Sentavr Proksimasi b sayyorasi bizga eng yaqin joylashgan ekzoolam ekani tasdiqlandi

To‘rt yil muqaddam olimlar ekzosayyoralar borasidagi eng muhim kashfiyotlardan birini amalga oshirgan edi: ular o‘shanda Sentavr Proksimasi yulduzi atrofida aylanuvchi, Yerga o‘xshash qattiq jinsli sayyorani ochgandi. Olimlar endilikda bu borada qo‘shimcha va batafsil ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jeneva universiteti (UNIGE) e’lon qildi.

O‘sha kashfiyot ishonchli chiqqanga o‘xshagani bilan, fan uchun doim ko‘proq tasdiqlar kerak bo‘ladi va, xabar qilinishicha, Chilida joylashgan Juda katta teleskopning (VLT – Very Large Telescope) ESPRESSO spektrografi yordamida olimlar endilikda bu borada qo‘shimcha va batafsil ma’lumotga ega. Ushbu ekzosayyoraga olimlar Sentavr Proksimasi b deya nom berdi. Tadqiqot haqidagi ilmiy maqola esa Astronomy & Astrophysics jurnalida 25-may kuni bosib chiqarildi.

So‘nggi yillarda astronomlar boshqa yulduzlar atrofidan o‘lchami Yer o‘lchamiga yaqin bo‘lgan ko‘p sondagi ekzosayyoralarni kashf etdi. Ularning ayrimlari o‘z yulduziga nisbatan hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli bor hududda joylashgan va undagi harorat suvning suyuq holatda bo‘lishini ta’minlay olishi kerak deb hisoblanadi. Bu o‘z-o‘zidan qiziqarli, lekin bunday ekzosayyoralar ichida ayniqsa Sentavr Proksimasi b alohida ahamiyatga ega. Chunki u Quyoshga eng yaqin joylashgan yulduz atrofida aylanadi va bizdan ungacha bo‘lgan masofa esa atigi 4,2 yorug‘lik yilini tashkil qiladi.

Sentavr Proksimasida haqiqatan ham ekzosayyora borligining ilmiy tasdiqlanishi esa bunday sayyoralar bizning galaktikamizda anchayin keng tarqalganiga ishora qiladi.

Sentavr Proksimasi b sayyorasi Yerga juda o‘xshash bo‘lib, Yer massasidan 1,17 kattaroq massaga ega. U Yerning yillik orbitasidan farqli o‘laroq, o‘z yulduzi atrofini atigi 11,2 kunda aylanib chiqadi. Bu esa Sentavr Proksimasi b sayyorasi o‘z yulduziga nisbatan ancha yaqin joylashganini bildiradi. Lekin ushbu yulduz qizil mitti ekani sabab u bizning Quyoshdan ko‘ra ancha kichikroq va sovuqroq hisoblanadi. Bu Sentavr Proksimasi b sayyorasining orbitasi haqiqatan ham Sentavr Proksimasining hayot imkoni bor hududida joylashganini bildiradi. Qizig‘i shundaki, xuddi Yer Quyoshdan qancha Quyosh energiyasi qabul qilsa, Sentavr Proksimasi b sayyorasi ham o‘z yulduzidan shuncha energiya qabul qiladi.

Shunday qilib, nazariy jihatdan, uning sirtida suyuq holatdagi suv mavjud ekani ehtimoli bor. Bu esa u joyda hayot mavjud bo‘lishi ehtimolini bildiradi, lekin hozircha olimlar baribir ekzosayyoralarda hayot mavjud bo‘lishi ehtimoliga oid ko‘plab omillarni hali bilishmaydi. Biz sayyorada hayot bo‘lishi imkoniyatiga ko‘plab omillar ta’sir qilishini yaxshi bilamiz. Masalan, harorat, sayyora va uning atmosferasi tarkibi, suv borligi (yoki uning yo‘qligi) hamda Quyosh nurlanishi singarilarning bu boradagi ta’siri katta. Sentavr Proksimasi singari qizil mittilardan chaqnashlar yuzaga kelishi fanga ma’lum va ushbu chaqnashlar bilan bog‘lab qaraganda ekzosayyorada hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli yanada murakkablashadi va masala qiziqarli tus oladi.

Astronomlar Sentavr Proksimasi b sayyorasini anchayin eski spektrograf bo‘lmish HARPS spektrografi vositasida ilk bora 2016-yilda aniqlashgan edi. Jahondagi "eng aniq” spektrograf hisoblanadigan ESPRESSO esa Sentavr Proksimasining nur tezligini aniqlash imkonini berdi va u hozirgi kungacha olingan eng katta aniqlik bilan o‘lchandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь