• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 19 » Sel kelganda nima qilish kerak?
20:05
Sel kelganda nima qilish kerak?

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelish xavfi yuzaga kelganda nima qilish kerakligi haqida zarur tavsiyalarni berdi.
 
Unga ko‘ra, sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan bo‘lib, sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida xabar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.
 
Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.
 
Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta'minotining sozligini tekshirish zarur.
 
Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma'lumotga ega bo‘lishi kerak va O‘zgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim.
 
Sel – katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4% hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3% hollarida) va boshqa sabablar (9,7% hollarda) olib kelishi mumkin.
 
Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.
 
Sel oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar
 
Doimo sel-suv toshqini ro‘y berishi ehtimol bo‘lgan hududlarda joylashgan uy-joylar va boshqa ob'yektlar ro‘yxati aniqlanib turiladi, aholi va ob'yektlarni muhofaza qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan tegishli tavsiyanomalar tarqatiladi.

Sel oqimi xavfi bo‘lgan qayirlarda ishlab chiqarish muassasalari va uy-joylarini ishonchli muhofaza inshootlari bo‘lmagan va O‘zgidromet bilan kelishilmagan holda qurish qat'iyan man etiladi.
 
Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar berish xizmati tashkil etiladi.
 
Gidrometeorologik hodisalarni kuzatish va nazorat qilish O‘zgidromet va uning bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xuzuridagi sel-toshqin va qor ko‘chkilari ehtimoli mavjud zonalarni aniqlash, tekshirish va dala kuzatishlar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dala kuzatuvlari ma'lumotlariga ko‘ra so‘nggi yillarda xavfli zonada joylashgan inshootlar soni oshishi kuzatilmoqda.
 
Ko‘p yillik kuzatishlar mobaynida O‘zbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida bir muncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bo‘lgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 %, may oyida 36 %, iyun oyida 14 %.
 
Aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxandaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi tog‘-yonbag‘irlarida sel toshqinlarining bo‘lishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida sel toshqinlari Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘-yonbag‘ri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari bo‘lib o‘tish ehtimoli mavjud.
 
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Farg‘ona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarkand (12%) va Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.
 
Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.
 
Quyidagi agrotexnik tadbirlar ham amalga oshiriladi: yonbag‘irlarda yerga ko‘ndalangiga ishlov berish, tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilish, tog‘ adirlarida suv yo‘llari ochish, ekinlarni yer haydab ekishga yo‘l qo‘ymaslik, yemirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo o‘zanlari, tog‘ adirlarida o‘rmonchilikni tashkil etish va ularni saqlash.
 
Sel omborlari, selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi.
 
Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida sel toshqini xavfi mavjud bo‘lgan asosiy hududlari deb:
 
Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari);
 
Janubiy O‘zbekiston (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
 
Shimoli-Sharqiy va Sharqiy O‘zbekiston (Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) belgilandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1374 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь