• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 20 » Saudiya Arabistonida dunyo musulmonlariga taroveh namozini uyda o‘qish tavsiya qilindi
09:27
Saudiya Arabistonida dunyo musulmonlariga taroveh namozini uyda o‘qish tavsiya qilindi

Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi butun dunyodagi musulmonlarni Ramazon oyi davomida barcha namozlarni, jumladan, taroveh namozini ham uyda o‘qishga chaqirdi. Bu haqda SPA agentligi xabar tarqatgan.

Murojaatda ommaviy yig‘ilishlardan uzoqroq bo‘lish, ya’ni iftorliklarni o‘z xonadonlarida, oilaviy tarzda uydan chiqmay o‘tkazish so‘ralgan.

"Musulmonlar hayotning qadriga yetish va ezgu ishlarni qilish Alloh tomonidan buyurilgan vojib amallardan biri ekanini unutmasliklari lozim”, — deyilgan bayonotda.

Saudiya Arabistoni bosh muftiysi shayx Abdul Aziz al-Shayx 17-aprel kuni musulmonlarga murojaat qilib, Ramazon oyida uyda namoz o‘qishga chaqirgandi. Infeksiya tarqalishi to‘xtamaydigan bo‘lsa, Hayit bayrami ham ommaviy tarzda nishonlanmasligi mumkin.

Mart oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni qirolligida jamoat namozlari vaqtincha to‘xtatilgan va faqat ikkita — Makka hamda Madinadagi masjidda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga ruxsat berilgandi. Biroq keyinchalik koronavirus tarqalishi xavfi sabab Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham namoz o‘qish to‘xtatildi. 23-mart kuni Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etilgan, 24-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, mamlakatda aholi hamda xorijlik ziyoratchilar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish tadbirlari ham noma’lum muddatga qoldirilgan.

Saudiyada xalqaro aviaparvozlar vaqtincha to‘xtagan, sport tadbirlari ham bekor qilingan.

Mamlakatda COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat mart oyi boshida qayd etilgan va Erondan Bahrayn orqali kelgan fuqaroda infeksiya aniqlangandi.  18-aprel holatiga ko‘ra qirollikda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 8274 ta holat qayd etilgan, 92 nafar inson kasallikdan vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham Ramazon oyi yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan musulmonlarga murojaat qilib bu boradagi tavsiyalarini bergan. Jumladan, ularga ijtimoiy masofani saqlab, oraliqning 2 metr bo‘lishini ta’minlash, ommaviy joylarda muloqotni cheklash va omma ko‘p to‘planadigan yerlarga bormaslik, chilim chekishni qisqartirish va boshqa maslahatlar berilgan.

7-aprelda Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayayotgani aytilgan, 13-aprel kuni Ramazon oyida Saudiya Arabistonida taroveh namozlari uyda o‘qilishi haqida fatvo berilgani xabar qilingan, keyinchalik shu kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilindi. 18-aprel kuni Tojikistonda masjidlar yana yopilgani, juma va taroveh namozlari masjidlarda o‘qilmasligi, ushbu choralar koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:609 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь