• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 28 » Sardor Rahimxonni kim jazoladi?
12:05
Sardor Rahimxonni kim jazoladi?

Sardor Raximxon instagramdagi  o‘z profiliga mana shu yozuvlarni yozdi va bu xabarni boshqa xamkasblari xam o‘z saxifalariga qo‘yib xonandani qo‘llab-quvvatlashdi.  Xozirgi paytga kelib esa  Sardor Raximxonni saxifasidagi barcha suratlar o‘chirilgan. Xonandaning xabar berishicha u notanish xakerlar Sardor Raximxonning profilidagi shaxsiy xabarlar (direkt)iga kirib xonandaning nomidan  boshqalarga xat yo‘llab manba berib unga o‘tishni tavsiya qilmoqda va uni bosgan saxifa egalarini xam saxifasi blokka tushmoqda.  Ayni damda Sardor Raximxonning saxifasi mana shu axvolda:
Adashmasam, o‘chirib tashlashga urinilgan va lekin instagramning qoidasiga ko‘ra shunday bo‘lib turadi. 
Sardor Raximxonni o‘zi buni dushmanlik deb bilmoqda chunki bir necha mashxurlarni  xususan Munisa Rizayeva va Asal Shodiyevalarni saxifalari shu tariqa xakerlar xujumiga uchragach egalariga qaytarib berilgan, uning xolida esa saxifasidagi barcha surat va videolar tag-tugi bilan o‘chirib tashlangan xamda xonanda bilan aloqaga chiqmay, uning boshqa saxifadan yozganlariga javob qaytarmay bira to‘la saxifani o‘chirib qo‘ygan.   Xo‘sh xonandani kim va nima uchun jazoladi? Avvaliga Sardor Raximxonni o‘z shogirdi Mashxurbek Yo‘ldoshev sovg‘a qilgan qo‘shig‘i "Onam" qo‘shig‘i bilan bu vaziyatni  bog‘lagandek bo‘ldim. Sababi qo‘shiqqa klip suratga olib taqdim etilgach ijtimoiy tarmoqlarda yollanma profillar (yangi ochilganidan bilinadi) Sardor Raximxonni o‘g‘rilikda ayblab izoxlar yoza boshladi va Mashxurbekni o‘zi bu qo‘shiqni ustozi Sardor Raximxonga sovg‘a qilgani xaqidagi videomurojaati xam samara bermadi.  Yollanma deganim BALKI Mashxurbekni o‘ziga Sardor Raximxonni kuylagan turiga ishlangan klipni omadli chiqqani xamda xalq tarafidan iliq kutib olgani yoqmagandir degan fikr keldi. Bunga asos xam bor, zero klip yutub kanallariga qo‘yilgach Mashxurbek Yo‘ldoshev tarafidan barchasiga mualliflik xuquqi xaqidagi da'vo yo‘llanib tushayotgan barcha pullarni muallif sifatida unga o‘tkazish talab qilingan! Avtomatik tarzda emas aynan o‘z qo‘li bilan yuborilgan da'vo. Sovg‘a qilingach undan yana qanday xaq qolishi mumkin? Birovga shim sovg‘a qilsangiz uning cho‘ntagiga tushadigan pullarini talab qilmaysizku! Shu sabab xam balki u yollagan  va balki uning fanatlaridir degan fikrga keldim.   Sardor Raximxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist bo‘lganidan keyin reytingdagi artist sifatida uning muxlislari va taniganlar ko‘p. Demakki uning ijod namunalari kengroq ko‘lamda tarqaladi.  Mashxurbekni esa ochig‘i men xam shu qo‘shiq mojarosigacha tanimasdim va bilishimcha u Andijon doirasidagina taniqli ekan. O‘z ustoziga sovg‘a qilib yana videomurojaat qilar ekan nima kerak edi bunaqa talab qilish murojaatlari va balki... Xullas bilmadim, birovni noxaq ayblashdan yiroqmanu ammo voqyealar zanjiriga e'tibor bergan xolda va o‘z fikriga ega inson sifatida fikrimmi yozdim.YAqindagina bastakor va professor  Dilorom Omonullayeva aktrisa Shaxzoda Muxammedova bilan bo‘lgan mojaro yuzasidan saytimizga bergan intervyusida Sardor Raximxonga xam to‘xtalib o‘tganidan xabaringiz bor. Unga bog‘liq joyidan parcha keltiramiz.   Dilorom Omonullayeva:-....."Sardor Raximxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bo‘lgan payti Madaniyat vaziri tavsiyasiga binoan olingan. U olingan payti men yo‘q edim, mensiz qabul qilingan.  ... Lekin Sardor Raximxon negadir o‘qishga kelmadi va xattoki to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun yarim yilda dargoxni tark etdi"...   Manba    Bu borada xonandaning o‘zini fikri bilan qiziqdik.   Sardor Raximxon:- Noto‘g‘ri! To‘lovlarni amalga oshirmaganim uchun emas . Bir oydan keyin o‘qishdan ketganman. Chunki o‘qishga qatnab, bilim olib o‘qishni niyat qilardim. O‘qishga kirgan paytim ijodimdagi mashxurlik   kelgan payti bo‘lib  o‘qishga borishga vaqtim va imkoniyatim xam bo‘lmadi. Kimlargadir iltimos qilishga, yalinishga majbur bo‘lardim, kerak bo‘lsa balki pul berib, balki pul bermay, endi bu narsa sir emasku.  Bilmadim...Aytmoqchimanki, unaqa o‘qishni o‘zimga lozim deb bilmadim. Vijdonim qabul qilmadi. O‘qisam bo‘lardi  4 yil amallab o‘qib, diplomni olib ketardim. Keyinchi? Nima bo‘lardi?  Bilim olmasdimku baribir, shunchaki qo‘limda diplom bo‘lishini nima keragi bor?  O‘zimni o‘zim aldagim kelmadi, shuning uchun ketganman.    Xonanda Sardor Raximxonga doir yangiliklar xozircha shulardan iborat deya ma'lum qildi Sayyod

Категория: Har-Hil | Просмотров:2183 | Добавил: Admin | Теги: Sardor Rahimxonni kim jazoladi? | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31