• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 686
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 52
Гостей: 52
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Sardobadagi toshqinda bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimini qidirish ishlari Qozog‘istonda davom ettirilmoqda
09:51
Sardobadagi toshqinda bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimini qidirish ishlari Qozog‘istonda davom ettirilmoqda

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqinida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi "Kazinform”.

20-iyun kuni boshlangan qidiruvda Turkiston viloyati va Chimkentdan kelgan qutqaruv guruhi a’zolari hamda kinologlar ishtirok etmoqda. Ular hozirga qadar 120 kilometr masofani bosib o‘tishgan.

Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ichki va tashqi aloqalar guruhining xabariga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisini qidirish Jenis va Janaturmis qishloqlari yaqinidagi kanallar yaqinida amalga oshirilmoqda.

Qidiruvga Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 3 qutqaruvchisi, 2 nafar kinolog xodimi, 1 nafar chegara xizmati xodimi, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 3 nafar qutqaruvchisi jalb qilingan.

Qidiruv yerusti, suv yuzasi va suvosti usullari orqali amalga oshiriladi.

"Qidiruv ishlari hozirda Jetaysay tumanida davom etmoqda. Qutqaruvchilar 27-iyundan Ataqonis ovulidan Atameken ovul okrugidagi Qog‘ali ovuliga motorli qayiq yordamida bordi. Markaziy kanalda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu yerda qutqaruvchilar 48 kilometr masofani ko‘rib chiqdi. Biroq natija yo‘q. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgandi. Aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgan.

Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3-may kuni soat 08:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i "Kichik Bobur” mahallasidan topilgan. Oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani aytilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:493 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь