• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari 76 foizga bajarildi
16:21
Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari 76 foizga bajarildi

Sirdaryoda Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari 76 foizga bajarildi. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov 1-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, "Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan 1814 ta uy-joy ta’mirlanishda davom etmoqda. Hozirda 70 ta uyda (76 foiz) ta’mirlash ishlari yakuniga yetgan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ajratilgan hudud — "Do‘stlik” mahallasida 46 ta, Xorazm viloyati uchun ajratilgan "Qo‘rg‘ontepa” mahallasida 12 ta va Navoiy viloyati uchun ajratilgan hududda 2 ta, Sirdaryo viloyati uchun ajratilgan "Haqiqat” mahallasida 10 ta uy ta’mirdan chiqarildi.

Sardoba tumanida 73 ta yaroqsiz, buziladigan uylardan 63 tasini buzib olindi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi qaroriga asosan, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash ishlari uchun jami 84 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

"Bugungi kunda ijtimoiy soha obyektlarni qurish va ta’mirlash ishlariga 18,8 milliard so‘m avans mablag‘lari moliyalashtirildi, shundan umumta’lim maktablari bo‘yicha 15,4 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 2,2 milliard so‘m va qolganlari bo‘yicha 1,2 million so‘m yo‘naltirildi.

Olib borilgan doimiy nazorat ishlari natijasida shu vaqtgacha 1814 ta uy-joyda 2180 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha "Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga 148 ta yozma ma’lumotlar berilgan”, — deb ta’kidlagan Jamoliddin Qalandarov.

Avvalroq Qurilish vazirligi Sardoba falokati oqibatida avval e’lon qilinganidan ko‘ra ko‘proq uyga zarar yetganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:431 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031