Iste'dodli komik aktyor va rejissyor Sanjar Shodiyev 1977-yil 24-yanvar kuni Navoiy viloyatining Qizil tepa tumanida, san'atkorlar oilasida, ya'ni xofiz Sulton Shodiyevlar oilasida tavallud topdi. U tumandagi M.Gorkiy nomli 1-o'rta maktabga boradi. Hamma san'atkorlarda maktab davrida san'atga qizikish bo'ladi. Sanjarda ham shu istak bo'lgan, faqatgina uning onasi Xosiyat aya bunga qattiq qarshilik qilgan. Lekin maktab vaqtidagi paxta yig'im terim paytida u sinfdoshlariga xazil tariqasida, ularni kuldirib, "mendan dastxat ovoling, xali erta tanikli bo'lib ketsam, sizlarga dastxat qo'yishga vaqtim bo'lmasligi mumkin" hazil ham qilib qo'yardi. Lekin farishta omin degan ekan, Sanjar Shodiyev maktabdan so'ng xarbiy xizmatni o'tab, so'ng Toshkent Davlat San'at institutining Drama va kino rejissyorligi fakultetiga o'qishga kiradi. Talabalik vaqtidayoq o'z iste'dodini namoyon etib, 170 dan ortiq spektakllarda rol ijro etgan. Xattoki ustozlari "sen o'zi rejissyormisan yoki aktyor" deb ham savol berishgan. Chunki Sanjar oliygoxga kirib mukammal rejissyor kasbini egallayman degan ekan. Sanjarning ilk filmi bu Burxon Sharopovning "Jonim seni yoxud egizaklar" filmidagi Borya obrazi edi. Ilk rejissyorlik ishi sifatida esa 2007-yilda suratga olgan "Ortiqcha omad" filmidir. So'ng ketma-ket 2009-yil "Yetti xaykal bita kal", 2011-yilda suratga olgan "Qalb ko'zi" va 2012-yil "Jigarbandim" filmlarini muxlislar e'tiboriga xavola etdi. Rejissyor va aktyorlikdan bo'sh vaqtlarida Sanjar qo'shiq ham kuylab turadi. Uning repertuarida 10ga yaqin taronalari mavjud. Sanjar Shodiyev 7 raqami unga omad olib kelishini ko'p bora takidlaydi.
1. Sanjar 1977-yilda tavallud topgan.
2. Oilada ular 7 kishi, ota-ona va 5 farzand.
3. 1997-yilda o'qishga kirib, 2 yil kontrakt asosida o'qib, institutni tashlab ketadi. So'ng 2000-yil byudjet asosida qayta o'qishga kirgan. Hammasi bo'lib 7 yil mobaynida taxsil olgangan.
4. Kursida talabalar 7 nafar bo'lgan. 5ta byudjet va 2 kontrakt.
5. Talabalik vaqtida Yu. Rajabiy nomidagi 77-sonli yotoqxonaning 70-xonasida yashagan.
6. 2007-yil Sanjar oila quradi.
7. Turmush o'rtog'i uzidan 7 yosh kichkina.
8. 17-iyunda esa farzandi Laylo tavallud topgan kun.
Va oxiri omad keltiruvchi 7 soniga ixlos qilib "Yetti xaykal bitta kal" filmini suratga oldi.