• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqning ahvoli qandayligi haqida ma’lumot olindi
08:39
Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqning ahvoli qandayligi haqida ma’lumot olindi

Samarqand viloyatida 27-iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berilgandi. 

"Siam egizaklari 200 ming nafar chaqaloqdan bittasida uchraydi. Bunday egizaklarning uzoq vaqt yashaganlari ham bor. Men yurtimizda bunday tug‘ilish haqida eshitmaganman. Aniqrog‘i, 17 yillik faoliyatim davomida bunday tug‘ilishni ko‘rmaganman, – deydi Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi chaqaloqlar anesteziolog-reanimotologi Sobirjon Rahmonov.

27-iyun kuni Samarqand viloyat perinatal markazida kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan chaqaloq siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor. Yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan. Buyraklari esa to‘rtta.

Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshod Rahmonovning ma’lum qilishicha, ona homiladorligining 16 va 21 haftaligida skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. O‘shanda bolada tug‘ma nuqsonlar borligi haqida aytilgan.

"Bu juda kam uchraydi. Bir necha yil umr ko‘rganlari, hatto 20-30 yoshga kirganlari ham bor. Har xil turdagi holatlar uchraydi. Bu chaqaloqlar murakkab turdagi siam egizaklari hisoblanadi. Bizdagi chaqaloqning boshchasi ikkita, tanasi to‘liq bitta. Shu sababli yana qo‘shimcha murakkab tekshiruvlarni o‘tkazib, konsultantlar xulosasini olmoqchimiz. Kelajakda chaqaloqni davolash yo‘nalishida ish olib boriladi”, – Dilshod Rahmonov.

Markazdagi siam egizaklariga qarayotgan mutaxassislarning ma’lum qilishicha, reanimatsiya bo‘limida kuzatuv ostida bo‘lgan chaqaloqning ahvoli yomon emas. Ovqatlanishi, qon aylanish holatlari hozircha yaxshi. Bolada kislorod tanqisligi kuzatilganligi sababli maxsus apparatda saqlab turilmoqda. Mutaxassislar chaqaloqning kelajakda yashab ketishidan umid qilib, qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazmoqda.

"Chaqaloqning onasi homilador paytda ikki marta 16 va 21 haftalikda skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. O‘sha vaqtda shu holatdagi bola tug‘ilishiga xulosa berilgan. Ota-onalarining talabi, ularning xohishi bilan chaqaloq tug‘ruq jarayonigacha yetib kelgan. Onasida o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvida ham bu holat aniqlangan va onasida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq jarayoni yakunlangan”, – dedi Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda chaqaloqning onasi tug‘ruq bo‘limida. Onaning ahvoli yaxshi. Chaqaloqni tekshirish, uni reabilitatsiya qilish maqsadida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga keltirilgan.

"Bu holat kelib chiqishining omillari ko‘p. Masalan, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikoh. Onalar yoshi katta bo‘lgan holatdagi tug‘ruqda, ekologik ta’sirlar, radiatsion nurlar, tashqi muhit omillari, genetik holatlar. Homiladorlik paytidagi infeksiyalar, stress holatlar, iqlim, yashash sharoiti. Buning sabablari ko‘p. Biz faoliyatimiz davomida bunaqa bemorlarga duch kelmaganmiz. Shu sababli bu bemorni o‘rganish, tekshirish, davolash maqsadida respublikamizdagi va boshqa davlatlardagi zamonaviy davolash usullarini o‘rganyapmiz.

Aynan bizning markazimizda bunday holatdagi chaqaloqlarni davolash ishlari bo‘lmagan. Shu sababli barcha mutaxassislarimiz bilan birgalikda bemorni bir necha bor ko‘rikdan o‘tkazdik. Tekshirish natijasini belgilaganmiz. Dunyo tajribasini o‘rganyapmiz. Ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ko‘ryapmiz. Vazifamiz qanday holatda bo‘lsa ham shu bolani saqlab qolish”, – degan shifokor "Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabrida Ukrainada ikki boshli chaqaloq tug‘ilgan va keyinroq chaqaloqning tug‘ilishiga tashqi omillar ta’sir qilgani, mazkur holatni genetik xato emas, balki ultratovush ta’siri yoki ayrim dorilar iste’moli keltirib chiqargan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, o‘tgan yili Yamanda ham ikki boshli Siam egizaklari dunyoga kelgan, ammo davolanish uchun xorijga yuborilmagan chaqaloq vafot etgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:490 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь