• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 71
Гостей: 71
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Fevral » 2 » Samarqandda gaz yo‘qligi haqida Prezidentga yo‘llangan videomurojaat o‘rganildi
17:54
Samarqandda gaz yo‘qligi haqida Prezidentga yo‘llangan videomurojaat o‘rganildi

"Hududgaz Samarqand” MChJ 30-yanvarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Dukchiyon mahallasi Xo‘ja G‘ulom qishlog‘ida yashovchi fuqaro Rahmonov Zarifning davlat rahbariga tabiiy gaz ta’minoti yuzasidan videomurojaatini o‘rgandi, deb yozmoqda jamiyat matbuot xizmati.
"Murojaatda fuqaro ko‘rsatilgan manzilda tabiiy gaz yo‘qligi bilan bir qatorda "Hududgaz Samarqand” MChJning rahbariyatiga nisbatan bir qator keskin e’tirozlar bilan murojaat qilgan. Dukchiyon mahalla markazida ushbu tarqalgan videomurojaat yuzasidan video muallifi Rahmonov Zarif, "Hududgaz Samarqand” MChJ "Samarqandshahargaz” filiali boshlig‘i B.Turdiyev, Dukchiyon MFY raisi F.Raupov, Samarqand shahar 3-son ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.Jo‘rayev, mahalla profilaktika inspektori S.Husanov hamda yuzga yaqin mahalla aholi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Dukchiyon mahallasidagi tabiiy gaz ta’minoti muammolari va murojaatchi Rahmonov Zarifning Prezidentga qilgan murojaatida ko‘rsatgan vajlari birma-bir muhokama qilindi. Dukchiyon mahallasi Samarqand shahrining Samarqand tumani bilan chegaradosh chekka hududida joylashganligi va havoning keskin sovushi natijasida tabiiy gaz bosimining pasayishi holatlari kuzatildi. "Hududgaz Samarqand” MChJ Samarqand shahar gaz filiali boshlig‘i B.Turdiyev tomonidan aholining tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha savollariga javob berib, ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Xususan, 2019-yil davomida Samarqand shahridagi gaz quvurlarini qayta ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish natijasida shaharning bir qator mahallalaridagi aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanganligini bildirildi. Bundan tashqari, 2020-yilda ham qayta ta’mirlash va rekonstruktsiya ishlari davom ettirilib, shahar mahallalari va xususan Dukchiyon mahallasida ham tabiiy gaz ta’minotini bir me’yorga keltirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.

Gaz ta’minoti muammolari bilan bir qatorda murojaatchi Rahmonov Zarifning ta’minot korxonasi rahbariyatiga nisbatan keskin e’tirozlar bildirgani ham muhokama qilindi. Ushbu holatning muhokamasi paytida murojaatchining o‘zi uchrashuvni sababsiz tark etganligini alohida aytib o‘tish zarur. Shundan so‘ng mahalla vakillari so‘zga chiqib ushbu videomurojaatdagi arizachining "Hududgaz Samarqand” MChJ rahbariyatiga nisbatan aytilgan fikrlarga qo‘shilmasligini va ushbu yuzaga kelgan holatdan afsusda ekanliklarini bildirdi.

Samarqand shahar 3-son ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Jo‘rayev so‘zga chiqib murojaatchi ko‘rsatgan vajlar asossiz bo‘lsa-da, "Hududgaz Samarqand” MChJ vakillarini iste’molchilar tanqidlariga bosiq bo‘lish va ularga nisbatan davo ariza kiritmasligiga umid bildirdi. "Arizachining ushbu harakatiga baho berishni va kerakli xulosa chiqarishni jamoatchilik vakillari ixtiyoriga qo‘yish maqsadga muvofiq. Hamma o‘zi uchun kerakli xulosa chiqarsin” — deb fikr bildirdi ichki ishlar vakili.

1-fevral kuni shu masala yuzasidan "Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Saidvaliyev murojaatchi Z. Rahmonovning xonadoniga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Z. Rahmonov tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi va o‘z minnatdorligini bildirdi”, – deyiladi xabarda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829