• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Samarqandda 22 yoshli yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshini urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
09:12
Samarqandda 22 yoshli yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshini urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Samarqand viloyati Samarqand tumanida 22 yoshli yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshi bilan kelib chiqqan janjal sababli uni urib, o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 11-iyun kunidan 12-iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani "Yangiariq” MFY hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S. o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida M.S. fuqaro T.B.ning yuz sohasiga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada T.B. Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fuqaro T.B. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 2020-yil 22-iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d” bandiga qayta malakalangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:445 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь