• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » Samarqandda 1051 nafar fuqaro ikki haftalik karantindan chiqib, uyiga qaytdi
20:53
Samarqandda 1051 nafar fuqaro ikki haftalik karantindan chiqib, uyiga qaytdi

Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi binosiga joylashtirilgan 1051 nafar fuqaroning 14 kunlik karantin muddati tugadi va uyiga qaytarildi. 

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 25-mart kuni karantinga olingan fuqarolar tibbiy kuzatuv davrida ikki marotaba laboratoriya test sinovlaridan o‘tkazilgan. Olingan tahlil natijalari kuzatuvda bo‘lganlarda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Endilikda ushbu fuqarolar 10 kun davomida uy sharoitidagi karantin kuzatuvida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro 4-aprel, shanba kuni, tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgandi. Unda koronavirus aniqlangach, bemorning katta korxona boshqaruvchisi ekanligi aytilib, u bilan muloqotda bo‘lgan 200 kishi karantinga olindi.

2020-yil 9-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 15-mart kuni qayd etilgan. Shundan so‘ng 16-martdan buyon mamlakatda karantin rejimi joriy etildi. Shu kungacha karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni qariyb 40 ming kishiga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holati bo‘yicha 582 kishiga yetdi. Shu paytga qadar uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:582 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь