• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Mart » 15 » Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadi nima edi?
16:33
Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadi nima edi?

Prezident Vladimir Putin Suriyadan Rossiya harbiy kuchlarini chiqarishni buyurdi.

Kecha, 14 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan harbiy kuchlarni chiqarish haqida qaror qabul qildi. Mazkur xabar ko‘pchilik siyosatshunoslar va tahlilchilar uchun kutilmagan voqyea bo‘ldi. Shu boisdan bir qancha siyosiy va harbiy tahlilchilar Rossiyaning bu qarori yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Xususan, siyosiy tahlilchi Shon Uokerning fikrlari e'tiborimizni tortdi.

"2015 yilning sentyabr oyi oxirida Rossiya Suriyadagi mojaroni hal qilish maqsadida o‘z harbiy kuchlarini kiritgan edi. O‘tgan besh yarim oy muddat mobaynida Suriya hududida 9 ming jangovor parvoz amalga oshirilishi, Bashar Asad hukumati iste'fosining kechiktirilishi, Misrda yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi va Turkiya bilan azaliy do‘stona munosabatlarga barham berilishi – Rossiya Suriyaga amalga oshirgan intervensiyaning natijasi hisoblanadi”.

Shon Uokerning fikrlaridan kelib chiqib, Rossiya Suriyaga amalga oshirgan intervensiya besh yildan beri davom etib kelayotgan Suriyadagi mojarolar va voqyealar rivojini, hamda geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirdi, desak yanglishmaymiz.

"Men Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlarga yuklatilgan vazifa bo‘yicha ular ko‘zlangan maqsadga erishishdi, deb hisoblayman. Shu sabab men Mudofaa vaziriga Suriya Arab Respublikasini tark etishni buyurdim”, – deydi Vladimir Putin dushanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda. Putin Suriyadan Rossiyaning asosiy harbiy kuchlarini olib chiqishni ma'lum qildi. Bu kutilmagan qaror bo‘ldi.

Rossiya YAqin Sharq mintaqasida asosiy xavf bo‘lgan terrorizmga qarshi kurashda biror maqsadga erishdimi? Ammo, DAISH haligacha mavjud va faoliyatini davom ettirmoqda. Putinning kutilmagan qarori harbiy tahlilchilarni hayratda qoldirdi. Rossiyaning Suriyaga to‘satdan, amalga oshirgan intervensiyasi haqida oldindan taxmin qilish mumkin edi, lekin Suriya hududidan Rossiya harbiy kuchlarining chiqarilishi kutilmagan holat bo‘ldi. Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: Rossiya haqiqatan ham Suriyadagi qurolli kuchlarini chiqaradimi? Putin harbiy kuchlarni chiqarishni seshanba kuni boshlashga buyruq berdi, lekin qachon tugallanishi haqida gapirmadi. Bu bilan shunday xulosaga kelish mumkinki, Rossiya aviatsiyasi o‘z harbiy parvozlarini amalga oshirgan Latakiya tumanidagi Xmeymim aviabazasi oldingi rejimda faoliyatini davom ettiradi. O‘tgan vaqt mobaynida Rossiya Suriyadagi bazada barcha infrastrukturani yaratdi va Moskvaga yana o‘z qo‘shinlarini kiritishiga hech narsa halaqit bermaydi. Bu, hattoki, o‘tgan yilning sentyabr oyi oxiridagi intervensiyadan ham tezroq va kutilmagan bo‘lishi mumkin.

Putinning bayonotini jiddiy qabul qilinishi kerak deyish uchun barcha asoslar bor. DAISHni yo‘q qilish vazifasi to‘liq bajarilmadi. Hyech kim bu haqiqiy maqsad ekanligiga ishonmasa kerak. Hattoki, Bashar Asad hukumatini saqlab qolish va uni qo‘llab- quvvatlash ham, ko‘pchilik tahlilchilarning fikricha, ikkinchi darajali bo‘lgan.

"Ukrainadagi voqyealardan so‘ng G‘arb Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlamagan edi. Suriyadagi harakatlardan maqsad esa G‘arbni yana Rossiya bilan hamkorlik qilishga majbur qilish edi, shunday bo‘ldi ham, Rossiya Suriyadagi mojarodan minimal yo‘qotish bilan chiqmoqda. O‘ylaymanki, bu puxta o‘ylangan taktik harkatdir”, – deydi mustaqil harbiy tahlilchi Aleksandr Gols.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2413 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031