• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 6 » Rossiyadagi portlash yuz bergan ko‘mir konidan yana 13 kishining jasadi topildi
22:09
Rossiyadagi portlash yuz bergan ko‘mir konidan yana 13 kishining jasadi topildi

Rossiyaning Kemerovo viloyati (Kuzbass)dagi portlash sodir bo‘lgan "Listvyajnaya” ko‘mir konida qutqaruvchilar yana 13 kishining jasadini topdi. Bu haqda Favqulodda xizmatdagi manbalarga tayanib, "RBK” xabar berdi.

"Seshanba kuni ertalab (7-dekabr) 13 kishining jasadi topildi, ular orasida bir qutqaruvchi ham bor. Jasadlar yer yuzasiga olib chiqilmoqda. Qolgan ikki qurbonni qidirish ishlari olib borilmoqda”, — degan manbalardan biri.

"RBK” qidiruv ishlari davom etayotganini qayd etdi. "Har bir smenada to‘rttadan oltitagacha qutqaruv bo‘limi ishlayapti. Shaxtadagi gaz holati barqaror. Rossiya FVVning Tog‘-kon qutqaruv xizmati bo‘linmalari kecha-yu kunduz nasos bilan suvni chiqarib tashlamoqda, havo namunalarini olib, ventilyatsiya moslamalarini tiklamoqda”, — degan FVV hududiy boshqarmasi "RBK”ga.

Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Tsivilevning ma’lum qilishicha, 7-dekabr holatiga ko‘ra, bir nafar konchi va bir nafar qutqaruvchi shifoxonada, jabrlanganlarning 96 nafari — 54 nafar konchi va 42 nafar qutqaruvchi uyda davolanmoqda. Besh nafar konchi va uch nafar qutqaruvchi to‘liq sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Kemerovo viloyatidagi "Listvyajnaya” ko‘mir konida avariya yuz bergandi. Voqea sodir bo‘lgan paytda konda jami 285 nafar ishchi bo‘lgan, ulardan 46 nafari tashqariga chiqa olmagan. Ularga yordam berish uchun qutqaruv guruhlari safarbar qilingan. Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining besh nafar xodimi halok bo‘lgan. Hodisa qurbonlarining umumiy soni 51 kishini tashkil etmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avariya sababini "xavfsizlik choralarining takroriy buzilishi” deb atadi. "Rostexnadzor”da esa hodisaning asosiy versiyasi metanning keskin otilib chiqishi deb hisoblanmoqda.

Kondagi avariyadan keyin ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi: xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarining buzishi bilan ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan ehtiyotsizlik; tasodifan ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan ehtiyotsizlik.
Категория: Har-Hil | Просмотров:317 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031