• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 1 » Rossiyadagi “do‘zax chuquri”
15:20
Rossiyadagi “do‘zax chuquri”

Ruslarga "do‘zax chuquri” nega kerak bo‘lib qoldi?

Yer markaziga olib boruvchi darvoza Rossiyaning Norvegiya bilan chegarasi yaqinida Murmansk viloyatida joylashgan. Odam qazigan bu quduq bir boqishda ahamiyatsizdek tuyuladi. Mahalliy aholining bildirishicha, quduqqa quloq tutilsa, uning qa’ridan odam faryodi eshitilar ekan. Mahalliy aholi bu quduqni "do‘zaxga yo‘l” deb atab olgan, deb yozadi The Scientific American nashri.

Bu quduqning diametri bor-yo‘g‘i 23 santimetr. Unga odam tushib keta olmaydi. Koladagi bu chuqur quduq 20 yil davomida qazilgan. Uning chuqurligi – 12 ming 262 metr. Olimlar uning chuqurligini 14 ming metrga yetkazishni mo‘ljallagan edi. Lekin kutilmaganda ular yuqori darajadagi issiqlikka duch kelib, qazish ishlaridan voz kechdi. 12,2 ming kilometr chuqurlik tubida 2,7 milliard yoshdagi jinslar joylashgan, ularning temperaturasi esa Selsiy bo‘yicha 180 darajaga yetadi. Bu olimlarning taxminidan ikki barobar kuchli bo‘lib chiqdi. Bunday haroratda quvurlar va uskunalar deformatsiyaga uchray boshlaydi. Bu yerda ishlagan olimlarning fikricha, jinslar bu yerda toshdan ko‘ra plastikka o‘xshab qolgan.

1992-yilda bu yerda qazish ishlari butunlay to‘xtatilgan va o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Ammo u dunyodagi eng chuqur quduq bo’lib qolmoqda. Shundan beri quduqlar qazib kelinadi. Qatarda, Saxalinda quduqlar qazildi. Ammo Kola qudug‘i mashurlik borasida baribir yetakchi.

Bunday chuqurlar nega kerak bo‘lib qoldi?

Buning bir qator sabablari bor. Avvalo, yonuvchi qazilmalar va metallar olish. Yuta shtati, Solt Leyk Siti yaqinidagi tog‘larda joylashgan mis koni 100 yil mobaynida 1 200 metrga yetgan; kengligi – 400 metr. Hozirda ishlamaydigan Janubiy Afrikadagi Kimberli olmos konining chuqurligi 215 metr bo‘lib, odam tomonidan o‘yib olingan eng chuqur o‘ralardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ikkinchidan, insonlar bunday chuqurlarni fan tufayli qaziydi. Kichik massali atom zarralari bo‘lmish neytrinoni topish uchun olimlar uskunalarini chuqur yer ostiga joylashtiradi. Neytrinoning zaif signallarini yer ustida aniqlash imkoni yo‘q. Misol uchun, Viskonsin universiteti olimlari Janubiy qutbdagi Neytron rasadxonasida tajribalarini 4 kilometr chuqurlikdagi o‘ta issiq suv tufayli hosil qilingan muz ostida olib borgan.

Koladagi chuqur quduq ham ilm-fan yo‘lida qazilgan. Sovet olimlari sayyoraning yer qobig‘i qanday hosil bo‘lgan, o‘zgargan, o‘rganish istagida bo‘lgan. Albatta, bunda kim ko‘proq yer ostiga kirib borish poygasi ham o‘ziga xos turtki bergan.

1958-yilda amerikaliklar Meksikaning Tinch okeani qirg‘oqlarida Yer mantiyasiga yetib borish uchun quduq qaziy boshlagan edi. Ammo AQSh Kongressi 1966-yilda bu loyihani moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygan. Amerikalik olimlar 183 metrli chuqur qaziy olgan xolos.

90-yillarda nemis olimlari ham Bavariyada 9,5 kilometrli chuqr qazigan. Ular seysmik plitalar va 315 darajadagi issiq haroratni aniqlagan. Ularning ishlari ham moliyaviy masala tufayli to‘xtab qolgan.

Yaponiya kompaniyasi ham okean tubida qazilgan eng chuqur quduqlardan biri bo‘lgan, ammo 2010-yili portlash natijasida loyiha barbod bo‘lgan.

Quduq qazish poygasi esa to‘xtagani yo‘q. Kimdir Kola qudug‘idan-da chuqurroq quduq qazishga muvaffaq bo‘larmikin?

Категория: Har-Hil | Просмотров:565 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031