• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 16 » Rossiyada Spark, Nexia va Cobalt savdosi qayta tiklanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatda qancha Chevrolet modellari sotilgan
22:18
Rossiyada Spark, Nexia va Cobalt savdosi qayta tiklanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatda qancha Chevrolet modellari sotilgan

Chevrolet modellari Rossiya bozoriga qaytganiga bir yil to‘lib, avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatda sotilgan mashinalar statistikasi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor. Aniqlanishicha, 2020-yilda mamlakatda hamyonbop mashinalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Chevrolet avtosalonlari 2 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 45 taga yetgan. Bir yil davomida rossiyaliklar 2840 dona Chevrolet avtomobillarini xarid qilgan.

2020-yilda Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab Chevrolet’ning faqatgina ikkita avtosaloni faoliyat yuritgan bo‘lib, u yerda Spark, Nexia va Cobalt sotilgan. 2021-yilning yoziga kelib mamlakatdagi yettita federal okrugning 37 ta shahridagi salonlar ish boshlagan.

Nexia va Cobalt avtomobillari Rossiyaga Asakada ishlab chiqarilgan yirik uzelli ehtiyot qismlardan foydalanuvchi Qozog‘istonning "SariarkaAvtoProm” zavodi tomonidan yetkazib berilmoqda. O‘z navbatida Spark UzAuto Motors korxonasining o‘zidan yetkaziladi. Rossiyaliklar orasida eng talabgir modellar qatoriga Chevrolet Cobalt yetakchilik qilmoqda — bir yilda ushbu modeldan 1788 nusxa sotilgan bo‘lib, bu jami sotilgan avtomobillarning 63 foizini tashkil etadi. Nexia esa savdolarning 29 foizini (837 ta) egallagan bo‘lsa, A-klassga kiruvchi Spark xetchbekidan 215 nusxa sotilgan.

Ma’lumot uchun, Chevroletning hamyonbop modellari Rossiyada 2018-yilga qadar Ravon brendi ostida sotilgan, biroq 2018-yilning bahoridan 2019-yilning kuziga qadar Ravon’larni yetakazib berish amalga oshirilmagan.

UzAuto Motors — Chevrolet’ning Rossiyadagi ikkita distribyutoridan biri hisoblanib, hamyonbop mashinalarni yetkazib berish uning nazorati ostida. Ikkinchi distribyutor — bu "Jeneral Motors Rossiya” bo‘lib, u Traverse va Tahoe kabi Amerika modellarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Tojikistonda UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda sotuvdan olingan Equinox modelini Qozog‘istonda sotish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:754 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь