• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi
12:31
Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi

MyWay rivojlanish va kasbga yo‘naltirish markazi rahbari, OLX Uzbekistan kompaniyasining sobiq bosh direktori Vyacheslav Kan koronavirus infeksiyasini yuqtirib, uni qanday yengib o‘tgani, shuningdek, ayrim xulosalari haqida o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali bo‘lishdi. Xalq Deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan tadbirkor deputatning boshdan kechirganlari va xulosalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, taqdim etdi.

Men koronavirusga chalinib, davolanib chiqdim. Ha, biroz kutilmagan holdek eshitilar, lekin bu sodir bo‘ldi. Bu murakkab davrda boshqa insonlarga nafi tegishi uchun o‘z tajribam va xulosalarim haqida o‘rtoqlashishga qaror qildim.

Fevral oyidan buyon Rossiyadaman. O‘zbekiston 16-martdan boshlab aviaqatnovlarni to‘xtatgani uchun Toshkentga qaytishga ulgurmadim. Shu sababli 20-martda Sankt-Peterburgdagi o‘qishim tugagach, Moskvadagi yaqinlarimnikiga ko‘chib o‘tdim. Men bu yerda karantinga qat’iy rioya qildim. Hech joyga chiqmadim, hech kim bilan aloqa qilmadim. Shu sababli COVID-19 bilan kasallanishimni mutlaqo kutmagan edim.

Xo‘sh, unda bu qanday sodir bo‘ldi?

Bir-ikki marta bizga qo‘shni turadigan qarindoshlarimiznikiga mehmonga chiqqan edik. Ulardan biri (u ishga qatnardi) birinchi bo‘lib kasal bo‘ldi. Bir necha kun o‘tgach, menda ham alomatlar sezildi.

1-xulosa: Garchi ehtiyot choralarini ko‘rayotgan bo‘lsangiz ham, o‘zingizni izolyatsiya qilgan bo‘lsangiz ham, infeksiya yuqtirgan inson bilan birgina aloqadayoq yuqtirib olish mumkin ekan. Hozir, karantin choralari yumshatilgach, ko‘plab insonlar bamaylixotir sayr qilib yurishibdi, bir-birlari bilan yaqin muloqotga kirishishgan, lekin ular o‘zlari va boshqalarni tahdidga qo‘yishmoqda.

Hammasi qanday boshlandi, alomatlar qanday namoyon bo‘ldi?

25-may kuni ertalab yugurayotib, pulsim odatdagidan yuqoriroq ekanligiga e’tibor qildim, garchi sekingina yugurayotgan edim. Keyinroq haroratim ko‘tarila boshladi — 37,5 daraja, holsizlana boshladim. Kasallik yuqtirgan inson bilan aloqada bo‘lganimni bilardim, shu sababli poliklinikaga qo‘ng‘iroq qildik, vrachlar kelishdi, ko‘rik o‘tkazishdi, immunitetni oshiruvchi bepul dori yozib berishdi va testga surtma olish uchun yana kelishlarini aytishdi.

2-xulosa: Kasallik alomatlari arzimas va bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin. Boshqa holatda, agar virus tashuvchisi bilan aloqada bo‘lmaganimda, men ehtimol (ayniqsa, yolg‘iz o‘zim yashaganimda) kasalxonaga murojaat ham qilmas edim, chunki alomatlar u qadar ko‘zga tashlanmayotgan edi. Alomatlarni gripp yoki oddiy shamollash bilan adashtirish juda oson. O‘z holatingizga diqqatliroq bo‘lish, gumon yoki o‘xshash alomatlar bo‘lsa, shifokorlarga murojaat qilish kerak.

3-xulosa: Alomatlar sezilmas yoki arzimas bo‘lgan chog‘da ko‘plab insonlar kasallikni boshdan kechirayotgan yoki o‘zlari bilmagan holda virus tashuvchilar bo‘lib qolishi mumkin. Men gumon qilamanki, mana shunday insonlar juda ko‘p, chunki kasalligidan shubha qilmaydigan va vrachlarga murojaat qilmagan bunday insonlardan hech kim test olmaydi. Xullas, real vaziyat statistikadan butkul farqlanishi mumkin.

Ana shunday insonlardan biri siz bilan aloqaga kirishgan bo‘lsa nima bo‘ladi?

Davolanish qanday kechdi?

Avvaliga kasallar bilan hech kimning ishi yo‘qdek, davolash tashkilotida qandaydir tartibsizlik bordek tuyildi. Hech kim vahimaga tushgani yo‘q, "qizil” hudud rejimini joriy etgani yo‘q, "mahalla”ni ihotalab olgani yo‘q, huzurimizga uchastka nozirlarini jo‘natgani yo‘q. Bu, albatta, yaxshilikka — ortiqcha vahima va stress nega ham kerak? Rossiyada barcha kasallarni qamrab olishga yetarli resurs ham bo‘lmasa kerak.

Testim musbat chiqqach, bazaga kiritishdi va O‘zbekiston fuqarosi ekanligim, sug‘urta polisim yo‘qligiga qaramasdan hisobga qo‘yishdi, bepul dorilar yozib berishdi.

Yaqinlarimning barchasiga karantin haqida qaror chiqarib berishdi. Monitoring uchun geolokatsiya doimo yoqilgan turishi kerak bo‘lgan maxsus ilovani telefonga o‘rnatish kerak edi. SMSlar muntazam kelib turadi — suratga tushib, fotoni ularga jo‘natish kerak.

Davolash asnosida shifoxonadan shifokorlar (ko‘pincha bir kishi) kelib, oddiy tekshiruv o‘tkazardi: o‘pkani eshitardi, qon bosimni va barmoqqa datchik o‘rnatib, menimcha qondagi kislorod miqdorini o‘lchardi. Har kuni mahalliy shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, sog‘lig‘imni surishtirib turishdi, ikki kunda bir marta Moskva shahri sog‘liqni saqlash departamentidan shifokorlar hol so‘rab turishdi. Ularning saytida ham qayddan o‘tib, shaxsiy kabinet ochishga to‘g‘ri keldi, u yerda maslahat olib turish (hattoki videoaloqa shaklida), fayllarni yuklash va h.k. ishlarni qilish mumkin.

4-xulosa: Kasallikni yengil shaklini boshdan kechirayotgan bemorlarni uyda davolash mumkin va lozim. Bu resurslarning iqtisod bo‘lishiga (O‘zbekistonda 32 million so‘m sarflanmoqda) olib keladi va bemor uchun ham og‘rig‘i kam. Monitoring qilishning onlayn tizimlarini joriy etish kerak. O‘zbekiston uchun, masalan, kamida Telegram-bot yaratish mumkin. Rossiyadagidek ilovani qilish ham u qadar murakkab ish emas. Fikrimcha, hozir 1-2 nafar kasalga sarflanayotgan xarajatlar yetarli bo‘lardi.

Shifokorlar... Bu muhim va olijanob kasb vakillari haqida alohida e’tirof etmasam bo‘lmas. Shifokorlarning hech biridan men qo‘rslik va iltifotsizlik ko‘rmadim. Menga Rossiya emas, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganim uchun ham boshqacharoq e’tibor qilishdi. Hattoki telefon orqali muloqotlarda ham xushmuomalalik va qayg‘urish sezilib turdi, garchi bu ularning shu kungi bir yuz nechanchi qo‘ng‘irog‘i bo‘lsa ham. Bularning barchasiga ular o‘z salomatligi va hayotini tikishgani, og‘ir sharoitlarda ishlashayotganini qo‘shing — himoya kombinezonlari havo o‘tkazmaydi, yopiq niqoblarda esa nafas olish qiyin. Menga hattoki doimo xushchaqchaq kayfiyatda yurgan, hazilkash mahalliy shifokorlar ham uchradi. Ularning barchasiga mehnati va jonbozligi uchun katta tashakkur bildiraman!

5-xulosa: Shifokorlarni qadrlash va hurmat qilish kerak. Pandemiyaga qarshi bu murakkab kurashda ularga yordam berish uchun qo‘limizdan keladigan eng yaxshi ish — ehtiyot choralarini ko‘rib, kasal bo‘lmaslik.

Menda kasallik yengil shaklda o‘tgani omadim bo‘lsa kerak. Umuman olganda, davolash chog‘ida biror qiyinchilik bo‘lgani yo‘q — dorilarni ichish, sog‘liqqa e’tibor berish, agar zarurat tug‘ilsa, tomoqni chayish, burun va tomoqlar uchun spreylardan foydalanish, xullas, odatda yo‘tal, shamollash qanday davolansa — barchasi. Ba’zan holsizlik iskanjaga oldi, ba’zan bosh og‘rig‘i bezovta qildi, bir necha kunga hid bilish qobiliyatim yo‘qoldi. Lekin bularning barchasi menga ishlashda xalaqit bera olgani yo‘q, yaxshiyamki, ishimni masofadan turib, internet orqali bajara olaman.

Umid qilamanki, men yaqin orada Toshkentga — sevimli oilam bag‘riga qaytaman. Kelgan chog‘imda karantin hududida yotmayman, chunki koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorga 2,4 million so‘m sarflashdan ma’ni yo‘q. Yaxshisi bu muddatni uydagi karantinda o‘tkazaman.

6-xulosa: Buni ko‘proq taxmin desa ham bo‘ladi. Samarali vaksinani qachon ixtiro qilishlari haqida ko‘p yozishmoqda. So‘ngra barchaga vaksina emlanishi uchun qancha vaqt va resurs kerakligini faqat gumon qilish mumkin, O‘zbekistonda testdan o‘tkazish nechog‘lik tashkillashtirilmagan holda o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qib, bu haqida o‘ylaging ham kelmaydi.

Insoniyat COVID-19’ga nisbatan immunitet hosil qilishi zarurligi haqida ko‘p maqolalar yozildi, bunga faqat shu kasallikni boshdan kechirib erishish mumkin. Albatta, men vrach yoki shu soha mutaxassisi emasman, lekin bu virusni yo‘qotish imkonsiz ekan (ma’lumotlarga qaraganda kasallanganlar soni aslo kamayayotgani yo‘q) unda bu jarayonni nazorat qilish kerakdir? Bunda yengil formada kasallik yuqtirganlarni yaxshiroq aniqlab, alomatlarsiz kasal bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni uyda davolash uchun testdan o‘tkazish kerakmikan? Asosiysi, xavfli zonaga qariyalar va surunkali kasalliklarga ega insonlar tushib qolmasligi, chunki ularda kasallik juda og‘ir kechadi.

Umid qilamanki, mening hikoyam kimlargadir foydali bo‘ladi. O‘zingizni asrang va kasal bo‘lmang!

Vyacheslav Kan, tadbirkor

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 583 879 kishiga yetgan. Hozirga qadar mamlakatda infeksiya chalinganlarning 339 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 8101 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:483 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь