• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Rossiyada koronavirus gumoni bilan kasalxonaga joylashtirilgan 3 nafar o‘zbekistonlik tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi
17:20
Rossiyada koronavirus gumoni bilan kasalxonaga joylashtirilgan 3 nafar o‘zbekistonlik tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi

Kecha, 3-fevral kuni Novosibirsk—Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlangan, natijada Nur-Sulton—Novosibirsk—Tyumen reysining barcha yo‘lovchilari (ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor) kasalxonalarga joylashtirilgan, O‘zbekiston TIV ham bu ma’lumotni tasdiqlagan edi.
Mehnat vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi mutaxassislari aviareysda parvoz qilgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘landi. Aniqlanishicha, ular Qozog‘iston orqali avtobusda Rossiyaga yetib olmoqchi bo‘lgan. Biroq Qozog‘istondagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Nur-Sulton shahrida aviaparvoz xizmatidan foydalangan.

Nur-Sulton shahridan Tyumenga uchgan samolyot yo‘lovchilari qatoriga Novosibirsk shahrida Xitoy fuqarosi qo‘shiladi. Oradan 3 kun o‘tib, uning koronavirusga chalingani aniqlangan. Shundan so‘ng Rossiya hukumati mazkur virusning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Nur-Sulton—Novosibirsk—Tyumen aviareysida parvoz qilgan barcha yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, ularni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga kirishgan.

"Hozirda Nur-Sulton—Novosibirsk—Tyumen aviareysida parvoz qilgan barcha yo‘lovchilar qatori o‘zbekistonliklar ham tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tahlillar o‘zbekistonliklarning birida koronavirus uchramaganini tasdiqladi, qolgan 2 nafar fuqaro esa tahlil natijalarini kutmoqda. Biroq ularning hech birida koronavirus belgilari (yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, diareya, o‘pka yetishmovchiligi) kuzatilmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways kompaniyasi O‘zbekiston Prezidentining buyrug‘iga binoan, tashkil etilgan hukumat komissiyasining qaroriga asosan, joriy yilning 4—5-fevral kunlari Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun uchta charter reysini amalga oshirilishini tasdiqlagan. Sanitar-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinganini xabar qilgan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi aviaqatnovlar bekor qilingani sababli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:489 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829