• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 70
Гостей: 70
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Aprel » 22 » Rossiyada COVID-19 qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Kasallanganlar soni 58 ming kishiga yaqinlashdi
13:07
Rossiyada COVID-19 qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Kasallanganlar soni 58 ming kishiga yaqinlashdi
22-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 5236 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakatning Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

Shunday qilib, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 57 999 kishiga yetdi.

O‘tgan bir sutka ichida COVID-19 oqibatida 57 kishi vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 513 kishiga yetdi, 4420 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi (o‘tgan bir sutka ichida 547 kishi).

Shuningdek, Rossiyada 21-aprel kuni koronavirusni aniqlash bo‘yicha 109 mingga yaqin test o‘tkazilgan. Hozirga qadar butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha jami 2,2 millionga yaqin test amalga oshirilgan.

20-aprel kuni Rossiyada 5 642 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan, 51 kishi esa vafot etgan — bu mamlakatda bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord hisoblanayotgandi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishga buyruq bergani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.
Категория: Turfa olam | Просмотров:590 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь