• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 2 » Rossiya urushga Armaniston, Qozog‘iston va Tojikistonni ham qo‘shishi mumkin – Ukraina razvedkasi
15:18
Rossiya urushga Armaniston, Qozog‘iston va Tojikistonni ham qo‘shishi mumkin – Ukraina razvedkasi

Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarga 350 minggacha harbiy xizmatchini jalb qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy Ukraina harbiy televideniyesi efirida ma’lum qildi. 

"Rossiya armiyasida ko‘plab bo‘linmalar Rossiya Federatsiyasi hududida ham, chet elda ham ob’ektlarni himoya qilish va qo‘riqlashni amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya Suriyada kuchli kontingentga ega. Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi hududida keng harbiy bazalar tarmog‘iga ega – bu Armaniston, Tojikiston, Tog‘li Qorabog‘dagi va Qozog‘istondagi kontingent. Agar siz hammasini jamlasangiz, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanishi mumkin bo‘lgan 300-350 mingni harbiyni ko‘rasiz”, deydi Ukraina harbiy razvedkasi vakili. 

Uning qayd etishicha, Rossiya qurolli kuchlarida kadrlar yetishmasligi urushning dastlabki kunlaridanoq bosqinchilar ko‘rsatgan ko‘plab talofatlardan so‘ng yaqqol namoyon bo‘ldi. 

Skibitskiyning so‘zlariga ko‘ra, mart-aprel oylarida Rossiya rahbariyati jangovar harakatlarda faqat Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari bilan tegishli shartnomalar imzolagan harbiy xizmatchilardan foydalanishga qaror qilgan. Bosqinchilar orasida o‘lgan va yaralangan harbiy xizmatchilar soni sezilarli darajada oshganida, Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma tuzmoqchi bo‘lganlar kamroq edi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya” banki, "Otkritiya”, "Novikombank”, "Promsvyazbank”, "Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:422 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930