Har-Hil [2294] |
Turfa olam [13] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [105] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [35] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Tush Ta'birlari [61] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [8] |
21:41 Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yonib ketdi | |
![]() Binoning 1,2 kvadrat metr maydoni butkul yongan. 3 aprel, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00da Rossiya Mudofaa vazirligining binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Yong‘in 3,5 ming kvadrat metr joyni qamrab olgan. Olovni o‘chirish ishlariga 253 nafar o‘t o‘chiruvchi, 72 dona texnika vositalari va shu bilan birga 17 ta ko‘tarma mexanizmlar jalb etildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga elektr kabelllardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Mudofaa vazirligi binosining tom qismi, olovni o‘chirish maqsadida ochildi. Binoning 1,2 kvadrat metr maydoni butkul yongan. Yong‘inni o‘chirish paytida bir o‘to‘chiruvchi jarohatlandi. Unga darhol tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hodisa natijasida boshqa jarohatlanganlar yoki qurbonlar yo‘q. Ma'lumot o‘rnida, Moskva shahrining markazidagi Znamenka ko‘chasida joylashgan Mudofaa vazirligi binosi XVIII asr oxirida qurilgan. O‘tgan yillar mobaynida bino bir necha marta qayta qurilgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |