• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 17 » Rossiya ko‘miridan voz kechish jahon bozorini qanday o‘zgartiradi?
22:17
Rossiya ko‘miridan voz kechish jahon bozorini qanday o‘zgartiradi?

Jahon ko‘mir bozori Yevropa Ittifoqining Rossiya ko‘miriga embargo joriy etish to‘g‘risidagi qaroridan keyin eksport oqimlarida yana bir katta o‘zgarishlarni kutmoqda. Bu haqda "Kommersant” xabar bermoqda.

SberCIB Investment Research tahlilchilarining fikriga ko‘ra, yil oxirigacha ko‘mir narxi ikki barobardan ko‘proq oshadi. Rossiya, chegirma bilan bo‘lsa ham, Hindistonga yetkazib berishni oshiradi va yevropaliklar Rossiyadan ko‘mirni Kolumbiya va Amerika importi bilan almashtiradi.

Yevropa Ittifoqining Rossiya ko‘mirini sotib olishni taqiqlashi va buning natijasida eksport bozorlarining almashuvi dunyoda ko‘mir narxining yana bir o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Rossiya eksportini Yevropa Ittifoqidan boshqa bozorlarga yo‘naltirish so‘nggi ikki yildagi ikkinchi yirik muvozanat akti bo‘ladi, — deydi tahlilchilar

Birinchisi 2020-yilda Xitoy ikkinchi yirik termal ko‘mir eksportchisi bo‘lgan Avstraliyadan ko‘mir eksportini to‘xtatganda sodir bo‘lgan. Oqibatda, Avstraliyaning Xitoy importidagi ulushi 43 foizdan 10 foizgacha qisqardi. 

Indoneziyaning ulushi esa 20 foizdan 50 foizgacha ko‘tarildi. Avstraliya o‘z ko‘mirini boshqa Osiyo mamlakatlariga sota boshladi. Biroq bozorlarning almashuvi ko‘mir bozorida taqchillikka va narxlarning oshishiga olib keldi.

Rossiyaning Yevropa Ittifoqi ko‘mir importidagi ulushi 65 foizni tashkil qiladi. Dunyoda hozirgi ko‘mir tanqisligi bilan Yevropa uchun bozorni almashtirish juda qiyin bo‘ladi. 

"SberCIB” hisob-kitoblariga ko‘ra, Indoneziya, Avstraliya, Janubiy Afrika, Kolumbiya va Qo‘shma Shtatlar vakili bo‘lgan asosiy eksport qiluvchi mamlakatlardan faqat oxirgi ikkitasi mamlakatlarni qo‘shimcha ko‘mir bilan ta’minlay oladi. 

Kolumbiya 14 mln tonna qo‘shimcha ko‘mir ishlab chiqarishi mumkin. AQSH esa yetkazib berishni 9 mln tonnaga oshirishi mumkin. Qolgan davlatlar eksportni oshirsa ham bu u qadar katta hajmda bo‘lmasligi mumkin. 

Tahlilchilar vaziyatning rivojlanishi uchun uchta ssenariyni ishlab chiqdi: 

asosiy;
optimistik;
pessimistik. 
Asosiy va optimistik ssenariyda aytilishicha, Yevropa Ittifoqi bu yil Rossiya ko‘miridan to‘liq voz kecholmaydi. Agar bu sodir bo‘lsa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Hindistonda ko‘mir tanqisligi yuzaga keladi. Oqibatda narxlar keskin oshib ketadi. 

Agar birinchi chorakda Avstraliya ko‘mirining narxi bir tonna uchun 197 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, to‘rtinchi chorakda ular optimistik ssenariyda bir tonna uchun 475 dollargacha va asosiy ssenariyda 450 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Pessimistik ssenariy global iqtisodiyotning sekinlashishi va ko‘mirga bo‘lgan talabning qisqarishini nazarda tutadi.

Ko‘mir narxlari 2022-yilning to‘rtinchi choragida, isitish mavsumi boshlanganida yanada oshishi mumkin. 

Mart oyida Osiyo rossiyalik ko‘mir konchilariga Yevropaga eksportning pasayishi uchun kompensatsiya to‘lamadi

Rossiyaning ko‘mirni Yevropa Ittifoqidan boshqa bozorlarga yo‘naltirish qobiliyatiga kelsak, bu uchta ssenariyda ham sharqdagi temir yo‘l infratuzilmasi imkoniyatlari cheklanganligi sababli qisman muvaffaqiyatli bo‘ladi. 

2021-yil uchun ma’lumotlarga ko‘ra, 172 mln tonnadan 63 mln tonna yoki Rossiyadan ko‘mirning 37 foizi qayta yo‘naltirilishi kerak. Gap Yevropaga 46 mln tonna va Yaponiyaga 17 mln tonna eksport haqida bormoqda. Bu hududlar hozirgacha Rossiya ko‘miridan voz kechish niyatini e’lon qilgan. 

Ko‘mir eksportining Osiyoga yo‘naltirilishi Rossiya ko‘mirining xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan chegirmalarining oshishiga olib keladi.

Xitoy Rossiya uchun muhim bozor bo‘lib qolsa-da, mamlakat o‘z ko‘mir qazib olishni ko‘paytirishda agressiv harakat qildi. 

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya ko‘mirining eng istiqbolli yo‘nalishi — bu termal ko‘mirning sof importchisi va iste’mol hajmi bo‘yicha Xitoydan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan Hindiston. 

Shu bilan birga, Rossiyaning Hindiston importidagi ulushi atigi 5 foizni tashkil qiladi. Rossiya va Hindiston hukumatlari allaqachon kokslanuvchi ko‘mir eksportini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Rossiya ko‘miri jahon standartlariga nisbatan sezilarli chegirma bilan sotilgan bo‘lsa-da, realizatsiya qilingan narxlar darajasi 2021-yilning ikkinchi choragidagidan 30-40 foizga yuqori.

Bundan tashqari, jahon bozorlarida narxlarning ko‘tarilishi bilan Rossiya ko‘miriga bo‘lgan talab Yevropaga muqobil ko‘mir yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq boshqa infratuzilma muammolari fonida o‘sadi.

Avvalroq Ukrainadagi urush ko‘mirdan foydalanishni oshirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:412 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031