• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 706
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 131
Гостей: 131
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2015 » Oktyabr » 1 » Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriya hududi bo‘ylab 30 ta zarba berdi
21:50
Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriya hududi bo‘ylab 30 ta zarba berdi

Rossiya harbiy samolyotlari 1-oktabr kuni Suriya hududi bo‘ylab kamida 30 ta zarba berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.Livanning Al-Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Jisr-esh-Shugur shahri atrofi va Idlib viloyatining boshqa ba’zi qismlari bombardimon qilingan. Bundan tashqari, Xama viloyatiga ham zarbalar berilgan. Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlovchi Al-Mayadeen telekanalining ma’lum qilishicha, mazkur hududlarda "Al-Qoida”ga aloqador "Jibhat an-Nusra” terrorchilik harakati jangarilari harakat qiladi. O‘z navbatida, Suriya muxolifati faoliyatini yoritib boruvchi Orient News telekanali Rossiya aviatsiyasi Xama viloyatida Bashar Asad qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan "mo‘tadil isyonchi kuchlar”ning marralariga zarba berganini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya 30-sentabr kuni, mamlakat Senati chet elda Rossiya qurolli kuchlaridan foydalanishga ruxsat berganidan so‘ng, Suriyaga aviazarbalar berishni boshladi. Rossiya ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad yordam so‘rab, ularga murojaat qilgan. Rossiya tomonining rasmiy nuqtai nazariga ko‘ra, Suriyadagi operatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — terrorchilarga, birinchi galda, "Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashdan iborat. Suriya muxolifati va bir qator G‘arb mamlakatlari vakillari Rossiya harbiy-havo kuchlari Suriyada IShID jangarilari bo‘lmagan, biroq Bashar Asadga muxolifatda bo‘lgan isyonchilar turgan hududlarga zarba berayotganini e’lon qildi. Shuningdek, mazkur aviazarbalar oqibatida Suriyaning tinch aholisi orasida qurbonlar qayd etilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi, biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur axborotni to‘liq rad etdi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:4127 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031