• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Fevral » 25 » Rossiya Chernobil AES hududi egallangani va Ukrainadagi 118 ta harbiy obyekt ishdan chiqarilganini ma’lum qildi
20:51
Rossiya Chernobil AES hududi egallangani va Ukrainadagi 118 ta harbiy obyekt ishdan chiqarilganini ma’lum qildi

Rossiya harbiylari Chernobil AES tumanidagi hududni nazoratga oldi va Ukrainadagi 118 ta harbiy obyektni ishdan chiqardi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib, "Interfaks” xabar berdi.

Vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkov 24-fevral kuni AES tumanidagi hudud Rossiya havo-desant qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan nazoratga olinganini aytdi. Rossiya harbiylari Chernobil AESning ukrainalik qo‘riqchilari bilan energiya bloklari va stansiya sarkofagini birgalikda qo‘riqlash bo‘yicha kelishib olgan.

"Atom elektr stansiyasi hududida radioaktiv fon normal holatda. AES xodimlari stansiya obyektlariga normal rejimda xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda va radioaktiv vaziyatni kuzatib bormoqda”, — dedi Konashenkov.

Rossiya harbiylarining Chernobil AESni egallab olishga urinishlari haqida avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy gapirib o‘tgan. U mazkur harakatlarni "butun Yevropaga qarshi urush e’lon qilish” deb atagan.

Vayron qilingan Ukraina harbiy infratuzilmasi orasida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili 13 ta aloqa nuqtasi va 11 ta aerodromni qayd etgan. Shuningdek, vazirlik harbiy texnika, jumladan, 18 ta tank va boshqa zirhli texnikalar, yettita ko‘pmartalik o‘t ochish reaktiv tizimi, 41 dona maxsus texnika, beshta kater, beshta jangovar samolyot, bitta vertolyot va beshta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilinganini aytdi. Bundan tashqari, Ukrainaning 14 ta S-300 va "Osa” zenit-raketa komplekslari yo‘q qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 150 dan ortiq ukrainalik askar taslim bo‘lganini ma’lum qildi. Zmeiniy oroli hududida 82 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi taslim bo‘lgan. Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, ular jangovar harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortish to‘g‘risida imzolar bergan. "Tez orada ular oilasi bag‘riga qaytariladi”, — dedi Mudofaa vazirligi vakili.

Ukraina tomoni avvalroq Zmeiniy oroli qo‘ldan berilganini ma’lum qilgan edi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenkoning aytishicha, orolga yo‘llangan raketa va artilleriya zarbasi natijasida 13 nafar ukrainalik chegarachi halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan oldin ularga taslim bo‘lishni taklif qilishgan, biroq ular rozi bo‘lmagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:342 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28