• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 236
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Ro‘ziqul Berdiyev “Nasaf”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmayotganligini aytdi
12:23
Ro‘ziqul Berdiyev “Nasaf”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmayotganligini aytdi

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida kechgan "Nasaf” va "Buxoro” o‘rtasidagi (0:0) uchrashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Uning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev qatnashdi.

"Qiyin bellashuv bo‘ldi. "Nasaf” ajoyib jamoa. Ular bizdan ustun edi, o‘yinni nazorat qildi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi.

Shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi, oxirigacha sabr qilishdi. "Nasaf” Superliga restartiga bizdan ko‘ra ko‘proq tayyorgarlik olib bordi. Bizda esa bunday sharoit va imkoniyat bo‘lgani yo‘q. O‘yindan oldin tarkibimizda yo‘qotish mavjud edi. Behruz Shodmonov jarohat olib safdan chiqdi, bu achinarli.

Yana bir bor yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashishdi. Safarda bir ochko ishlaganimizdan xursandmiz. Jamoamizdagi legionerlar pandemiya boshlanishidan oldin yurtlariga ketishgan. Hozirda yetib kela olishmaydi.

O‘tgan yili "Nasaf”ni Qarshida yutgan edik. Bu safar durang qayd etdik. Maqsadimiz o‘yinimizni kuchaytirish. Biz uchun har bir o‘yin finalga teng”, — deydi Muhsin Muhammadiyev.

Shundan so‘ng "Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Raqib darvozasi tomon 20 ga yaqin zarba berdik, g‘alabaga erishish uchun vaziyatlar ham yarata oldik. Lekin oxirgi nuqtani qo‘yish, hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik yetishmayapti. Yigitlar bugun g‘alaba qozonish uchun harakat qildi. O‘yin bir tomondan qoniqtirdi, ammo futbolda natija birinchi o‘rinda. Natija bizni qoniqtirmadi. Raqiblar bizga yuqori baho bergan holda faqat himoyaviy o‘yin tanlamoqda. Shunga qaramay vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Ochko ko‘p yo‘qotayapmiz.

To‘g‘ri, restartdan keyin uchta uchrashuvda durang o‘ynadik, ammo ko‘rgan bo‘lsangiz mana shu uchala o‘yinda raqiblardan ustunlik qildik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi”, — deydi Berdiyev.

Ushbu natijadan so‘ng "Nasaf” 12 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "Buxoro” 2 ochkosi bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:597 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930