• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 291
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Rasman: O‘zbekistonda koronavirus Mudofaa tizimigacha kirib bordi
15:24
Rasman: O‘zbekistonda koronavirus Mudofaa tizimigacha kirib bordi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kun sayin jiddiy tus olmoqda. Virus karantin zonasi, aholi orasidan davlat idoralari ostonasi hatlab o‘tganiga ancha bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, virus Mudofaa tizimiga ham kirib borgan. 

Xususan, Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi hamda Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqorichirchiq tumani xodimida koronavirus aniqlangan. 

Avval xabar qilganimizdek, 19 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 20 iyun kuni esa 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko
‘rsatkichi yana oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

20 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan tashkil etmoqda.

Jumladan:

•    Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila a’zolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da ( oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan);

•    Mirobod tumanida yashovchi N.Sh.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan);

•    Shayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati ko‘tarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan);

•    Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi E.Sh.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda bo‘lgan) kasallik qayd etilgan.
Shuningdek:

•    Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Sh.E.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan); Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqorichirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat ta’tilidan ishga chiqqan va tana harorati ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan); 

•    Yangiyo‘l tumanida yashovchi M.M.da va Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan);

•    Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani yashovchi Sh.E.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi bo‘lgan, tana harorati ko‘tarilib, o‘zi namuna topshirgan);

•    Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MCHJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:667 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930