• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Rasman: Madina Muxtorova va uning o‘g‘liga ochilgan jinoiy ish tugatildi
17:36
Rasman: Madina Muxtorova va uning o‘g‘liga ochilgan jinoiy ish tugatildi

Joriy yil boshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova va uning voyaga yetmagan o‘hli bilan bog‘liq holat ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan edi. Yil boshida tarqalgan birinchi videoda Muxtorovaning o‘g‘li Mirfayz Alimjonov akasi va kelinoyisi tomonidan muttasil kaltaklanib kelganini aytgan.

 Ushbu video ijtimoiy tarmoqda keng tarqalib, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgach, bu videhazil tariqasida suratga olingani iddao qilindi. Shundan Madina Muxtorova va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sanjar Muxtorovga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh 
boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Ish sudda ko‘rib chiqilib, Madina Muxtorova va Sanjar Muxtarovlarga nisbatan jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan tugatish haqida qaror qabul qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qilmoqda. 

Joriy yilning 19 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan gumon qilinuvchilar Madima Muxtorova (1964 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, nafaqada, oilali, muqaddam sudlanmagan) va Sanjar Muxtorov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti o‘rta-maxsus, ishsiz, oilali, muqaddam sudlanmagan)larga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

Sudda gumonlanuvchi Madina Muxtorova va Sanjar Muxtarovlar yarashuv to‘g‘risida ariza taqdim qilib, qilmishidan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvchi bilan yarashib olganligi haqida ko‘rsatma berib, jinoyat ishini tugatishni so‘ragan.

Jabrlanuvchining qonuniy vakili D. Yuldasheva jabrlanuvchi Mirfayz Alimjonov bilan sudda yarashuv to‘g‘risidagi ariza taqdim qilib, gumonlanuvchi Madina Muxtorova va Sanjar Muxtorovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganini, jinoyat ishini tugatishni so‘ragan.

Fuqaroviy da’vogar Mirfayz Alimjanov sudda yarashuv to‘g‘risidagi ariza taqdim qilib, gumonlanuvchi Madina Muxtorova va Sanjar Muxtarovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganini, jinoyat ishini tugatishni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-1-moddasi (yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javogarlikdan ozod qilish) ga muvofiq, Jinoyat kodeksining 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Sud, jabrlanuvchining qonuniy vakili, fuqaroviy da’vogar va gumonlanuvchilarning yarashuv to‘g‘risidagi arizalarini jinoyat ishi hujjatlari bilan o‘rganib, Yunusobod tuman prokurori yordamchisining jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatish haqidagi fikrini eshitib, gumonlanuvchilarning aybiga iqrorligi, yetkazilgan zararning to‘liq qoplanganligi, yarashuv gumonlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va 
jabrlanuvchining qonuniy vakili biron-bir tazyiqsiz, o‘z xohishi bilan bo‘layotganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat, Jinoyat kodeksining 66-1-moddasiga muvofiq, yarashuvga tushishini inobatga olib, Madina 

Muxtorova va Sanjar Muxtorovlarga nisbatan jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatishni lozim topgan.

Shunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi E. Shamsutdinova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi Madina Muxtorova va Sanjar Muxtarovlarga nisbatan jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan tugatish haqida ajrim chiqardi.

Jabrlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakili va fuqaroviy da’vogarga ushbu ish bo‘yicha ish yuritish¬ni qayta tiklash yuzasidan iltimosnoma berish huquqi yo‘qolganligi tushuntirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:589 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031