• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Rasman: Haj-2020 ga tayyorgarlik to‘xtatildi
21:56
Rasman: Haj-2020 ga tayyorgarlik to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, kuni kecha qo‘mitaga Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vazirligi tomonidan HAJ-2020 mavsumiga tayyorgarlikni kechiktirib turish bo‘yicha rasmiy murojaat kelib tushdi. Qo‘mita bu bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

"Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq salbiy vaziyat jahonning ko‘plab mamlakatlarida hali-hanuz saqlanib qolmoqda. Bu esa, muhim tadbir va marosimlarni vaqtincha to‘xtatib turishni taqozo etmoqda. Xabaringiz bor, avvalroq, 

Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayon vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Kuni kecha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vazirligi tomonidan Haj-
2020 mavsumiga tayyorgarlikni kechiktirib turish bo‘yicha rasmiy murojaat kelib tushdi.

Unda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq noxush vaziyat butun dunyoni tashvishga solayotgani, xususan, Saudiya Arabistoni Podshohligida ham mazkur kasallik bilan bog‘liq holat qayd etilgani hukumatni keskin choralar ko‘rishga undagani, shu munosabat bilan dunyoning turli mamlakatlaridan Umra amalini ado etish uchun tashrif buyuradigan ziyoratchilarning mamlakat hududiga kirishi vaqtinchalik to‘xtatilgani, hozircha Haj-2020 tashkiliy ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kutib turish maqsadga muvofiq ekani ma’lum qilingan.

Shuningdek, hozirda Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati hamda sog‘liqni saqlash idoralarining tavsiyalariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olish uchun yuqori darajadagi ehtiyotkorlik choralari qo‘llanilayotgani, ikki muqaddas Haramda sog‘liqni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, profilaktika ishlari kuchaytirilgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan, Saudiya Arabistoni Podshohligi rahbariyatining qarori asosida "Haj-2020” mavsumining tashkiliy tadbirlarini vaqtincha to‘xtatib turish va vaziyat barqarorlashishini kutish maqsadga muvofiq deb topilgan.

Rasmiy murojaatda Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vazirligi mazkur jarayon bilan bog‘liq yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani qo‘shimcha xabardor qilishi ma’lum qilingan.

Shu o‘rinda, joriy yil Haj safariga borishni rejalashtirgan va navbati yetib kelgan vatandoshlarimizga shuni ma’lum qilamizki, agar haj mavsumiga qadar Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat 
barqarorlashmasa, joriy yilgi navbatlar to‘liq saqlanib qoladi hamda keyingi yilga o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda, fuqarolarimizdan karantin qoidalarini buzgan holda haj safari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tashkilotma-tashkilot yurmasliklarini, o‘zlari va o‘zgalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Haj safari bilan bog‘liq barcha yangiliklar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Internet va ijtimoiy tarmoq saytlari orqali tezkor e’lon qilinadi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq joriy etilgan karantin davrida yuksak fuqarolik madaniyatini namoyon etadilar, deb umid qilamiz va go‘zal sabr tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq, koronavirus epidemiyasi sabab Umra ziyorati ham to‘xtatib qo‘yilgandi. Bundan tashqari, musulmon olamidagi ikki yirik va muqaddas masjidlar al-Haram (Makka) va an-Nabaviya (Madina) ham yopib qo‘yilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:605 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь