• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 686
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2020 » Mart » 26 » Rasman: Andijon shahri ham yopilyapti
13:28
Rasman: Andijon shahri ham yopilyapti

Ertaga, 27 mart kuni soat 00:01 dan boshlab, Andijon shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Andijon shahridan Respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida shunday qilindi. Bu bo‘yicha viloyat hokimining tegishli 
farmoyishi bugun, 26 mart kuni qabul qilingan.

Andijon shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Andijon shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Andijon shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Andijon shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat 
tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

•    Belgilangan tartibdan boshqa zarurat bo‘lmaganda xarakatlanuvchi transport vositalar qatnovini karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi.

•    tegishli boshqarma, idora va tashkilotlar tomonidan Andijon shahriga kirish va chiqish joylariga vaqtinchalik postlarning faoliyatini tashkil qilish va nazoratni yanada kuchaytirish;

•    shahar hududiga kirish va chiqish joylarini mutaxassislar bilan ta’minlash hamda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash; 

•    Andijon shahriga kirib kelayotgan va chiqayotgan har qanday yuk tashish mashinalari, xodimlar boshqaruvidagi avtomashinalarini majburiy dezinfeksiya qilinishini ta’minlash;

•    shahar hududiga kirish va chiqishga qo‘yilgan cheklovlarga hamda aholining karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishini hamda karantin 
qoidalarini buzgan shaxslarga o‘z vaqtida qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini ta’minlash;

•    Andijon viloyatida obodonlashtirish va qurilish ishlarida ishlayotgan quruvchilar, ishchilar va muhandislar uchun yotoqxona va zarur shart-sharoitlarni tashkil etish; 

•    tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi, telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli, ikki oy davomida o‘chirilmasligini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

•    Shahar va tumanlardagi dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlariga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, dorixonalarga dori-darmonlar va antiseptik vositalarni olib kirilishida alohida maxsus ruxsatnoma asosida, yuk tashish mashinasi va mahsulotlarni dezinfeksiya qilgan holda kirishi ta’minlanadi.

Avvalroq, Toshkent va Namangan shaharlari koronavirus infeksiyasining tarqalishi sabab yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:632 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031