• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Yanvar » 16 » Ramzan Qodirov 3 kunlik muhlat ichida ingush xalqidan unga qarshi birorta ayblov qo‘yilmaganini ma’lum qildi
21:13
Ramzan Qodirov 3 kunlik muhlat ichida ingush xalqidan unga qarshi birorta ayblov qo‘yilmaganini ma’lum qildi

Ingushetiya aholisiga unga qarshi ayblovlar qo‘yish uchun uch kun muhlat bergan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga nisbatan hech qanday shikoyat kelib tushmadi. Bu haqda Qodirov Instagram’dagi jonli efirda ma’lum qildi.

"Bugun uch kun o‘tdi, hech kim qon adovatini e’lon qilmadi, hech kim xalq oqsoqollariga, Checheniston muftiylariga murojaat bilan chiqmadi, buning uchun Yaratganga shukrlar aytaman. Bu bizning birodar ekanimizdan dalolat beradi. Bizda, shaxsan men —Ramzan Qodirovda Ingushetiya bilan bilan bog‘liq hech bir muammo yo‘qligini e’lon qilmoqchiman”, — deydi Checheniston rahbari qisman rus, qisman chechen tilidagi chiqishida.

"Ramzan Ingushetiya va ingush xalqining dushmani emas. Biz birodarmiz va shunday bo‘lib qolamiz... Demak, huquq himoyachilari nomi ostidagi poraxo‘r shoqollar, siz xalqlarimizni parchalab tashlay olmaysizlar”, — deya qo‘shimcha qilgan Qodirov.

Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayevning aytishicha, Qodirov Ingushetiya haqidagi barcha salbiy bayonotlarni ijtimoiy tarmoqlardan uchirib tashlashga chaqirgan. "Hissiyotlar ta’sirida yoki boshqa sabablarga ko‘ra internetda ingush xalqi yoki ularning biror vakili haqida salbiy bayonot e’lon qilgan har bir kishidan uni o‘chirib tashlashni so‘raymiz”, — dedi Dudayev.

12-yanvar kuni Ramzan Qodirov Ingushetiya aholisiga unga nisbatan asosli ayblovlar qo‘yish uchun uch kun muhlat bergandi. Bu Ingushetiya sobiq amaldorining Qodirovni quchoqlab salomlashgani uchun xalqidan kechirim so‘ragani sabab kelib chiqqan mojaro fonida yuz berdi.

"Ingush xalqidan iltimos. Agar men dushmaningiz bo‘lsam, aybim va jazo darajasini belgilab oling. Nima qilmoqchi ekaningizni ayting: urish, quvish, o‘ldirish. Nimada aybdor ekanimni Rossiyaning davlat yoki shariat qonunlari bo‘yicha asoslang va mening xalqimga, oqsoqollarimga murojaat qiling hamda rasmiy jazoni bildiring, barcha an’analarimizga rioya qiling”, — degan Qodirov o‘z murojaatida.

Shundan so‘ng ingushlarning "Mexk-Kxel” jamoat tashkiloti hamraisi Sarajdin Sultigov YouTube’da Qodirovga o‘z da’volarini bildirgan videosini e’lon qildi. U Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi chegaralarni aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzishni, chechen rasmiylaridan esa qo‘shni respublika aholisini xafa qilmaslikni so‘radi.

Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi chegara hududlari uchun mojaro SSSR parchalanganidan keyin boshlangan, chunki respublikalar o‘rtasidagi chegara aniq belgilanmasdan, ular yagona Chechen-Ingush ASSR tarkibida edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:333 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31