• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 23 » Qozog‘istonda o‘zbekistonlik migrant politsiyachilar tomonidan do‘pposlandi
20:48
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik migrant politsiyachilar tomonidan do‘pposlandi

O‘zbekiston fuqarosi Olma-ota (Qozog‘iston) shahri Auezov tumani Ichki ishlar boshqarmasida politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda. Bu haqda "Tengrinews” KTK‘ga tayanib, xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Timur Isoqov Olma-otaga joriy yilning iyun oyi oxirida kelgan. U turmush o‘rtog‘i bilan yotoqxonaga joylashib, muassasa xo‘jayini bilan ish masalasida og‘zaki kelishib olgan.

Xabarga ko‘ra, keyinroq ish beruvchi va o‘zbekistonlik mehnat muhojiri o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Yakunda, ish beruvchi Timur Isoqovning pasportini olib qo‘yib, va’da qilingan ikki oylik maoshni ham bermay, qo‘rqita boshlagan. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosi politsiyaga murojaat qilgan, biroq bu aks natija bergan. Mahkamaga chaqirilgan ish beruvchi mehnat muhojiri yotoqxonadan 78 ming tenge qariyb 200 dollar o‘g‘irlab ketganini aytgan. Shundan so‘ng, mehnat muhojiri tuman politsiya boshqarmasiga olib borilgan va "eng qo‘rqinchlisi” o‘sha yerda yuz bergan. 

Ta’kidlanishicha, mahkamada fuqaro formasini kiyib olgan xodim o‘zbekistonlikni qo‘pol muomalada so‘roq qila boshlagan. Hatto, o‘zini tanishtirmagan politsiya xodimlari chet el fuqarosini tintib, shaxsiy buyumlarini olib qo‘ygan. So‘ngra buyrak va jigar qismlariga urishgan. Bu ishni bir necha kishi bajargan.

Keyin tuman Ichki ishlar xodimlari o‘zbekistonlikni bo‘g‘ib, hushidan ketqazgan. So‘ngra o‘ziga kelgan muhojirni majburlab, ko‘rsatmaga qo‘l qo‘ydirishmoqchi bo‘lgan. Biroq, "mehmon” bunga rozi bo‘lmagan. 

Yakunda militsiya Timur Isoqovni migratsiya xizmatiga, keyin tuman sudiga topshirgan. Hujjatlari joyida ekani ma’lum bo‘lgan mehnat muhojirini shifoxonaga yuborishgan. Sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tgan o‘zbekistonlik nazorat organlariga murojaat qilgan. Prokuratura hozirda korrupsiyaga qarshi xizmat ushbu ish bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:396 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031