Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 658
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 41
Гостей: 41
Пользователи 0

Perhatsabirov
kamolrauf
r123456789r
Mahri
Sitorabonu
Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga, Qirg‘izistonda esa 5017 kishiga yetdi
16:52
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga, Qirg‘izistonda esa 5017 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 547 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,6 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton shahri — 72 (1,9 foiz);

Olmaota shahri — 54 (1,5 foiz);

Chimkent shahri — 53 (3,4 foiz);

Oqmo‘la viloyati — 15 (3,3 foiz);

Aqto‘be viloyati — 51 (6,6 foiz);

Olmaota viloyati — 20 (2,9 foiz);

Atirau viloyati — 11 (0,7 foiz);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 46 (6,6 foiz);

Jambil viloyati — 13 (1,9 foiz);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 42 (3 foiz);

Qarag‘anda viloyati — 43 (2 foiz);

Kostanay viloyati — 12 (2,6 foiz);

Qizilo‘rda viloyati — 19 (3 foiz);

Mang‘istov viloyati — 6 (1,3 foiz);

Pavlodar viloyati — 35 (5,2 foiz);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 20 (5,6 foiz);

Turkiston viloyati — 35 (4,4 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 21 327 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 933 kishi sog‘aygan, 178 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 16 639 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 29-iyun holatiga ko‘ra, yana 269 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 138 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 43;

O‘sh viloyati — 6;

O‘sh shahri — 23;

Jalolobod viloyati — 26;

Issiqko‘l viloyati — 16;

Botken viloyati — 4;

Norin viloyati — 4;

Talas viloyati — 9.

O‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5017 kishiga yetdi, ularning 50 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2294 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 351 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 967 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 12 588 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 2004 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 737 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5849 kishiga yetdi, deb xabar berdi "RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 50 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 57 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4448 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 271 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 kishiga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, COVID-19 qurbonlari soni 22 nafarga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:13 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Кино премьера
Поиск
Калькулятор
Календарь