• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi
12:50
Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi

Qozog‘istonda koronavirusga test topshiradiganlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Lazzat Oqtoyevaga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

"19 ta laboratoriyada testlar o‘tkazilmoqda, ularning quvvati sutkasiga 6 mingni tashkil etadi. Hozirga qadar 70 mingdan ortiq test o‘tkazilgan bo‘lib, koronavirus infeksiyasi aniqlangan bir bemor hisobiga 80 ta test to‘g‘ri kelmoqda. Epidemiya eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini hisobga olib, ommaviy testdan o‘tkazishni boshlash zarur. Buning uchun uchta ko‘chma, to‘rtta statsionar laboratoriya tayyorlangan. Nur-Sulton va Olmaotada ‘Olimp’ laboratoriyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Test o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish va yashirin o‘choqlarni aniqlash uchun olinadigan testlar sonini kuniga 10 mingga yetkazish kerak. Bular o‘tkir respirator infeksiyalari, tibbiyot xodimlari, yopiq kollektivlar kontingenti, muassasalar va hayotni ta’minlash obyektlari, ya’ni ijtimoiy muassasalar, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat do‘konlari va transportlardir”, — deydi Lazzat Oqtoyeva.

Shuningdek, u mamlakatda ekspress-test jarayonlari ham faol boshlanganini ta’kidlab o‘tgan.

"Bugungi kunga kelib 8722 ta ekspress-test o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 899 tasi — avtomobillarni o‘tkazish punktida, 6809 tasi — tibbiyot muassasalarida va 1025 tasi — Nur-Sulton hamda Olmaota laboratoriyalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ekspress-testlarni o‘tkazish jarayonida 145 nafar insonda ijobiy natijalar olingan”, — deydi vazir o‘rinbosari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1331 kishiga yetdi, 240 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. 15-aprel kuni mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan yana bir bemor vafot etib, qurbonlar soni 16 kishiga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:572 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь