• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 150 kishiga, Qirg‘izistonda esa 46 kishiga yetdi
12:37
Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 150 kishiga, Qirg‘izistonda esa 46 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 569 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton shahri — 47 (1,3 foiz);

Olmaota shahri — 73 (2,1 foiz);

Chimkent shahri — 58 (3,9 foiz);

Aqmo‘la viloyati — 20 (4,8 foiz);

Aqto‘be viloyati — 33 (4,6 foiz);

Olmaota viloyati — 17 (2,6 foiz);Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 40 (6,6 foiz);

Jambil viloyati — 13 (2 foiz);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 40 (3,1 foiz);

Qarag‘anda viloyati — 48 (2,3 foiz);

Kostanay viloyati — 31 (7,4 foiz);

Qizilo‘rda viloyati — 11 (1,8 foiz);

Mang‘istov viloyati — 5 (1,1 foiz);

Pavlodar viloyati — 37 (6,2 foiz);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 37 (12,3 foiz);

Turkiston viloyati — 59 (8,3 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 319 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 548 kishi sog‘aygan, 150 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 14 548 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 27-iyun holatiga ko‘ra, yana 309 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, "Kloop” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 118 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 23;

O‘sh viloyati — 39;

O‘sh shahri — 94;

Jalolobod viloyati — 19;

Issiqko‘l viloyati — 5;

Botken viloyati — 3;

Talas viloyati — 3;

Norin viloyati — 5.

O‘tgan bir sutka ichida 50 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4513 kishiga yetdi, ularning 46 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2255 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 276 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 451 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 10 306 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 132 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 638 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 69,5 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5747 kishiga yetdi, deb xabar beradi "RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 56 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 62 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4331 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 286 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 27-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7490 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5038 nafar fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:453 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь