• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 4 » Qozog‘iston rasmiylari Sardobadagi toshqinni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda
13:41
Qozog‘iston rasmiylari Sardobadagi toshqinni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Shukeyev va Qozog‘iston suv xo‘jaligi sohasining mutaxassislari Maxtaral tumanida yuz bergan suv toshqini masalasini muhokama qilish uchun Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

"Zakon.kz”ning xabar berishicha, bu haqda Turkiston viloyati hokimining o‘rinbosari Saken Kalkamanov brifingda ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishchi guruh tegishli vazirliklar vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

"Maxsus guruh O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Sirdaryo viloyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi. Umuman olganda, ushbu holat har ikki mamlakat hukumati bilan birgalikda muhokama qilinadi va hal etiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hududga 300 million kubometr suv kirib kelgan.

Bunday yirik hajmlar birinchi marta qayd etilmoqda. Hozircha hech qanday xavf yo‘q, deb aytishga juda erta. O‘zbekiston tomonidan suv oqimi hali qaysi yo‘nalishda kelishi noma’lum, chunki qo‘shni davlat bilan hozirgi vaziyat haqida ma’lumot almashish tizimlashtirilmagan”, — deb ta’kidlagan Saken Kalkamanov.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, ayni paytda hududdagi Firdavsiy qishlog‘i to‘liq suv ostida qolgan, Mirzakent qishlog‘ini to‘liq suv bosmasligi uchun to‘g‘on qurilmoqda. Bundan tashqari, Maxtaral tumanida suv toshqini yuz berishi mumkin bo‘lgan yana 7 ta aholi punkti aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maxtaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. Viloyatning 5 mingdan ortiq qishloq aholisi evakuatsiya qilingan. Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri suv oqimi to‘xtaganini ta’kidlagani, biroq suv oqimi kelishi to‘xtamayotgani va yana bir qishloq suv ostida qolganini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:520 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь