Orol dengizi Markaziy Osiyoning yechimi topilmayotgan jiddiy ekologik muammosi hisoblanadi. Hozirda dengiz bir necha qismga bo‘linib qolgan bo‘lib, uning bir qismi Qozog‘iston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi.
Qozog‘iston milliy geografik jamiyati Qazaq Geography Orol dengizini o‘rganish bo‘yicha yangi ekpeditsiya boshladi. Ekspeditsiya tarkibiga olimlardan tashqari jurnalistlar va suratkashlar ham kiritilgan. Ular Oroldagi hozirgi vaziyatni o‘rganish bilan birgalikda dengiz atrofidagi turistik yo‘nalishlar xaritasini ham shakllantiradilar.
Tashkilotchilarning aytishlaricha, bu Qazaq Geography’ning Orolga uyushtirgan uchinchi ekspeditsiyasi. Undan maqsad hududning nafaqat iqtisodiy, balki turizm salohiyatini ham rivojlantirish. Dengizning asoratli qurib boshlaganiga yarim asrdan oshganiga qaramay, ko‘plab odamlar u yerlarni tark etmagan. Chunki ular hech bo‘lmasa Kichik Orolning qayta "jonlanishidan” umidvor.
2016 yil Nazarboyev universiteti olimlari Qozog‘iston milliy geografik jamiyati ekspeditsiyasi tarkibida Shimoliy Orolning bir qancha nuqtalarida suvning sho‘rlanganlik darajasini o‘rganib, suvning sho‘rlanishi o‘rta darajagacha tushganini aniqlaganlar. Demak, Shimoliy Oroldagi ekologik vaziyat havas qilgudek bo‘lmasada, yaxshilana boshlagan.
"Avalon” tarixiy-geografiya jamiyati rahbari Vitaliy Shuptar mintaqani rivojlantirishni turizm salohiyatini jonlantirishdan boshlash kerakligini ta'kidlagan.
"Yevropa va Amerikadan kelayotgan turistlar sobiq port hududidagi "Kemalar qabristoni”ga qiziqadilar. Uni ko‘rish uchun katta masofalarni mashina, mototsikl, velosiped va piyoda bosib o‘tadilar”, deydi Vitaliy Shuptar.
Tarixchi Orolbo‘yining sayyohlar uchun eng qiziqarli davri Sobiq Ittifoq davri ekanini ta'kidladi. Aynan shu vaqtda ekologik halokat yuz berib, o‘zidan zanglagan kemalarning suratbob ob'yektlarini qoldirgan.
Markaziy Osiyoga kelgan sayohlar mintaqani ketma-ketlikda aylanishni xush ko‘rishlarini hisobga olgan Shurpin, mintaqada transchegaraviy turizmni rivojlantirish har qaysi Markaziy Osiyo davlati uchun muhimligini qayd etmoqda.
Qurib qolgan dengiz hududining turizm imkoniyatlarini tashkil etilgan 20 kunlik ekspeditsiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonning deyarli yetti ming kilometrlik chegara hududini o‘rganib chiqib, baho beradi.
Ma'lumot o‘rnida, Orol dengizi 1960 yildan quriy boshlagan. Mo‘ynoqdagi aholi to‘g‘on va kanallar qurib uning suvini qaytarishga uringanlar. Ammo natija bo‘lmagan. 2000 yilga kelib dengiz suvi Mo‘ynoqdan 200 kilometrdan ortiq masofaga uzoqlashib ketgan.
Hozirda Orol dengizi uch qismga bo‘linib qolgan: Kichik, Sharqiy va G‘arbiy Orol.